Toshkentda pulli avtoturargohlar soni 2,5 mingdan oshdi

Shuningdek, to‘xtash va to‘lov qoidalariga rioya etilishini kuzatuvchi 20 nafar nazoratchi faoliyat yuritmoqda

Toshkentda pulli avtoturargohlar soni 2,5 mingdan oshdi

Hozirgi kunda Toshkentning 18 ta markaziy ko‘chasida 2 ming 662 dan ortiq to‘xtash joyi tashkil etilgan. Bu haqda Streetpark Systems operatsion direktori Jamoliddin Qudratov Gazeta.uzga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Hozir tizimda 18 ta markaziy ko‘cha mavjud bo‘lib, ularda 2 ming 662 dan ortiq to‘xtash joyi tashkil etilgan. Joylarda 20 nafar nazoratchi faoliyat yurityapti. Ular to‘xtash va to‘lov qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi.

Qurilish-montaj zaxiramiz asfalt qoplamasini tiklashdan tortib, chiziqlarni chizish va yangilashgacha bo‘lgan barcha turdagi yo‘l ishlarini bajarish uchun zarur texnika bilan to‘liq jihozlangan, deydi u.

Shuningdek, pulli to‘xtash joylaridan maqsad pul yig‘ish emas, balki ko‘chalardagi tirbandlik, tartibsizlik va shahar maydonidan samarasiz foydalanish muammosini hal qilish ekanligini ta’kidlagan.

Bunday avtoturargohlarda 10 daqiqa bepul to‘xtab turish mumkin. Bu vaqt ichida haydovchi avtoturargoh uchun to‘lovni amalga oshirishi yoki joyni tark etishi kerak.

To‘lovlar oldindan amalga oshiriladi va vaqtidan oldin avtoturargohdan ketilganda mablag‘lar qaytarib beriladi.

Amaliyotda, ayniqsa, ilovadan birinchi marta foydalanayotganlar, ko‘pincha bir soat uchun to‘lashadi. Buning sababi shundaki, agar siz vaqtidan oldin ketsangiz, qolgan mablag‘lar haqiqatan ham qaytarib berilishiga hamma ham darhol ishonmaydi. Lekin allaqachon foydalanganlar va qaytarish ish berishiga ishonch hosil qilganlar bunga ishona boshlaydi, deya ta’kidlagan Qudratov.

Shuningdek, sessiya uzaytirilishi ham mumkin. Buning uchun ilovaga kirib, qo‘shimcha to‘lov qilish kerak.

Ilovada qarindoshlarning transporti uchun ham to‘xtash joyiga to‘lov qilish imkoni mavjud. Bunda shaxsiy kabinetga avtomobil raqami qo‘shiladi.

Ilovada to‘xtab turish uchun to‘langan vaqt tugayotganini ilova push-bildirishnoma orqali 15 daqiqa oldin ogohlantiradi.

Shuningdek, sessiyani uzaytirish yoki avtomobilni olib qo‘yish haqida eslatma SMS yuboriladi.

Bundan tashqari, ilovada har doim qancha vaqt qolganligi ko‘rinib turadi. Agar to‘lov tugagan bo‘lsa va haydovchi sessiyani uzaytirmagan bo‘lsa, u qoidabuzarga aylanadi — buni tizimda ham, inspektorlarda ham ko‘rish mumkin.

Avtoturargoh haqini to‘lamaganlik uchun jarima miqdori esa bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari (2025-yil 18-iyul holatiga — 824 ming so‘m)ni tashkil etadi. Bunga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128−6-moddasi asos bo‘ladi — transport vositalari haydovchilarining to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzganligi uchun.

Shuningdek, jarima barcha zonalar uchun yagona, chunki uning miqdori qonunchilik darajasida belgilanadi. Tarif zonalari faqat to‘xtash joyining narxiga ta’sir qiladi. Qoidabuzarlikning davomiyligi ham ahamiyatga ega emas — jarima fakt bo‘yicha yoziladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Eksportchilar fermerlar uchun imtiyozli moliyalashtirishni taklif qildi
/
Eksportchilar fermerlar uchun imtiyozli moliyalashtirishni taklif qildi
O‘zbekistonda eskrou-hisob raqamlariga o‘tish uy-joy narxini oshirishi mumkin
/
O‘zbekistonda eskrou-hisob raqamlariga o‘tish uy-joy narxini oshirishi mumkin
Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopildi
/
Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopildi