“Toshkent – Andijon” pulli avtomobil yo‘li uchun tender yana bir oyga uzaytirildi

Avvalroq aprel oyida tanlov jarayoni 21-maygacha etib belgilangandi

“Toshkent – Andijon” pulli avtomobil yo‘li uchun tender yana bir oyga uzaytirildi

“Toshkent – Andijon” pullik avtomobil yo‘lini qurish loyihasining birinchi bosqichi bo‘yicha tender yana bir oyga uzaytirildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Loyihaning malaka takliflarini (RFQ) topshirish 21-iyungacha — dastlab belgilangan sanadan boshlab 30 kunga uzaytirildi. Tushuntirish so‘rovlarini (Clarification Requests) taqdim qilish muddati 6-iyun etib belgilandi.

Qo‘shimcha savollar bilan dxshtender@imv.uz va tar@arup.com elektron pochtalariga murojaat qilish mumkin.

Aprel oyida tanlov jarayoni 21-maygacha uzaytirilgandi. Tender Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi ishtirokida tashkil etilgan. Xususiy sherikni tanlash bo‘yicha bosh maslahatchi Jahon banki ko‘magida mahalliy PwC, Buyuk Britaniyaning Arup and Partners hamda CMS Cameron konsorsiumi jalb qilingan.

Birinchi bosqich doirasida 171 km uzunlikdagi Toshkentdan Angrengacha bo‘lgan yo‘l hamda Qamchiq dovonini loyihalashtirish, qurish, moliyalashtirish, boshqarish va texnik xizmat ko‘rsatish belgilangan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yevroittifoqning Rossiyaga qarshi 17 sanksiyalar paketida O‘zbekiston korxonalari ham bor
/
Yevroittifoqning Rossiyaga qarshi 17 sanksiyalar paketida O‘zbekiston korxonalari ham bor
Jahon banki O‘zbekistonga $35 mln imtiyozli kredit ajratadi
/
Jahon banki O‘zbekistonga $35 mln imtiyozli kredit ajratadi
Toshkent viloyatidagi sanoat zonasi boshqaruvi Vengriyaning Inpark operatoriga beriladi
/
Toshkent viloyatidagi sanoat zonasi boshqaruvi Vengriyaning Inpark operatoriga beriladi