Propan narxi bir kunda qariyb 12%ga arzonladi

So’nggi ikki kun davomida bir tonna propan narxi 10 mln so’mga yetgandi

Propan narxi bir kunda qariyb 12%ga arzonladi

Joriy yilning 6-noyabr kuni bir tonna propanning birjadagi narxi qariyb 12%ga pastladi. Bu haqda Respublika tovar xom-ashyo birjasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bundan oldingi savdolarda birjadagi suyultirilgan gaz narxi 11,87%ga pasayib, bir tonnasi 9 mln so‘mdan kamroq narxni tashkil etgandi. Bunga qaramasdan, sotilgan mahsulot hajmi 15%dan ko’pga ya’ni 1,4 tonnadan 1,18 ming tonnagacha pasaydi.

Bu esa Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan propan narxining o‘sishiga o‘rnatilgan cheklov tufayli yuz bergan bo’lishi mumkin. 

Oxirgi ikki kun davomida propan narxi 15%dan ortiqqa qimmatlashib, bir tonnasi uchun narx 10 mln so‘mdan oshgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda dollar kursi qatorasiga ikkinchi kun ko‘tarilmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi qatorasiga ikkinchi kun ko‘tarilmoqda
Sirdaryodagi “River Med Pharm” korxonasida inyeksiya uchun eritmalar va kapsulalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
/
Sirdaryodagi “River Med Pharm” korxonasida inyeksiya uchun eritmalar va kapsulalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun 2 trln so‘m ajratiladi
/
O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun 2 trln so‘m ajratiladi