O‘zbekistonda sun’iy intellekt joriy etilgan, yapon modeli asosidagi maxsus iqtisodiy zona tashkil etiladi

Hududlarda sanoat maydonlarini avtomatlashtirish va raqamli boshqaruv tizimlarini rivojlantirish uchun JICA agentligi jalb qilinadi

O‘zbekistonda sun’iy intellekt joriy etilgan, yapon modeli asosidagi maxsus iqtisodiy zona tashkil etiladi

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, davlat rahbari Yaponiya ishbilarmonlarini sanoatlashuvni tezlashtirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va eksport salohiyatini kengaytirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilish jarayonlarida faol ishtirok etishga taklif qildi.

Yaponiya ishbilarmon doiralari bilan hamkorlikning quyidagi ustuvor yo‘nalishlari belgilandi:

  • energetik barqarorlikni ta’minlash va “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish, xususan, qayta tiklanadigan energiya manbalari va zaxiralash tizimlarini rivojlantirish, iqtisodiyotda “uglerod izi”ni kamaytirish;
  • qo‘shilgan qiymatning to‘liq zanjirini shakllantirgan holda o‘ta muhim minerallarni chuqur qayta ishlash;
  • mashinasozlik va sanoat uskunalarini rivojlantirish, zamonaviy yuqori texnologiyali sanoatlashgan iqtisodiyotni shakllantirish;
  • axborot texnologiyalarini rivojlantirish, jumladan, sun’iy intellekt va raqamlashtirish dasturlarini amalga oshirish;
  • zamonaviy maxsus iqtisodiy zonalarni yaratib, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va raqamli boshqaruv tizimlarini joriy etish orqali ularni yuqori texnologiyali va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish hamda sanoat kooperatsiyasi markazlariga aylantirish.

Xabar qilinishicha, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ko‘magida Yaponiya modeli va standartlari asosida maxsus iqtisodiy zona barpo etish loyihasi ishlab chiqilmoqda.

So‘nggi yillarda Yaponiya O‘zbekistonning asosiy iqtisodiy va texnologik sheriklaridan biriga aylandi. Xabarga ko‘ra, so‘nggi 8 yil ichida O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti 2 baravarga oshdi. 2030-yilga qadar mamlakatni o‘rta darajadan yuqori daromadli davlatlar qatoriga kiritish vazifasi qo‘yilgan.

Yaponiya kompaniyalari ilgari asosan pudrat loyihalarida ishtirok etgan bo‘lsa, bugungi kunda mamlakat iqtisodiyotiga faol investitsiya kiritib, qo‘shma korxonalar yaratmoqda, boshqaruv, texnologiyalar transferi va milliy kadrlarni tayyorlashga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Ikki mamlakat o‘rtasida energetika, sog‘liqni saqlash, geologiya, axborot texnologiyalari, infratuzilma va boshqa ustuvor sohalarda mustahkam kooperatsiya o‘rnatilgan.

Uchrashuvdan so‘ng, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Yaponiya iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri Ryosey Akazava ishtirokida ikki tomonlama kelishuvlar almashish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket to‘rtinchi kun pasayishda davom etmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket to‘rtinchi kun pasayishda davom etmoqda
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun 1,6 mingdan ortiq majburiy talab bekor qilindi
/
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun 1,6 mingdan ortiq majburiy talab bekor qilindi
Markaziy bank noyabrda 4 ta bankka jarima sanksiyalarini qo‘lladi
/
Markaziy bank noyabrda 4 ta bankka jarima sanksiyalarini qo‘lladi