2025-yilda 138 ta suv inshootini ishga tushirish rejalashtirilgan

Shuningdek, loyiha doirasida besh yilda yirik suv inshootlariga 4,8 mingta “aqlli” hisoblagich o‘rnatiladi

2025-yilda 138 ta suv inshootini ishga tushirish rejalashtirilgan

Davlat rahbariga ichimlik suvi va oqova tarmoqlarini kengaytirish borasidagi ishlar yuzasidan axborot berildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, bu yil 1 ming 619 kilometr ichimlik suvi, 521 kilometr oqova suv tarmoqlarini tortish, 162 ta inshootni qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Bularning natijasida 715 ming aholiga ilk bor markazlashgan ichimlik suvi yetib boradi, yana 400 ming nafari oqova xizmati bilan qamrab olinadi.

Mutasaddilar shu boradagi ishlarning bajarilishi bo‘yicha axborot berdi.

Xalqaro moliya institutlari ishtirokida 21 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Bu yil $800 mlnlik ishlarni bajarib, 138 ta suv inshootini ishga tushirish rejalashtirilgan.

Suv taʼminoti tizimini raqamlashtirish uchun Osiyo taraqqiyot bankidan $125 mln jalb qilingan. Bu loyiha doirasida besh yilda yirik suv inshootlari va magistral quvurlarga 4,8 mingta “aqlli” hisoblagich va qariyb 3 mingta telemetriya tizimi o‘rnatiladi.

Sohada xalqaro hamkorlik va xususiy sheriklik rivojlanib borayotganidan kelib chiqib, ushbu talablarga javob beradigan mutaxassislar tayyorlash zarurligi taʼkidlandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda ipoteka subsidiyalari miqdorini oshirish taklif qilindi
/
Toshkentda ipoteka subsidiyalari miqdorini oshirish taklif qilindi
Milliy investitsiya jamg‘armasi tarkibidan to‘rtta davlat kompaniyasi va bank chiqarildi
/
Milliy investitsiya jamg‘armasi tarkibidan to‘rtta davlat kompaniyasi va bank chiqarildi
O‘zbekistonda dollar kursi ikki kunlik pasayishdan so‘ng yana ko‘tarila boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi ikki kunlik pasayishdan so‘ng yana ko‘tarila boshladi