Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari etib tayinlandi

Shuningdek, prezidentning yangi yordamchisi va maslahatchisi tayinlandi

Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari etib tayinlandi

Saida Shavkatovna Mirziyoyeva O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur lavozim davlat rahbarining farmoni bilan Administratsiya tuzilmasidagi o‘zgarishlar doirasida joriy etildi.

Shuningdek, Prezident farmonlariga muvofiq:

  • Bekzot Mardonovich Mavlonov Prezident yordamchisi etib tayinlandi va huquqiy ekspertiza hamda kompleks tahlil masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimidan ozod etildi;
  • Aziz Yuldashevich Magrupov Prezidentning tashqi investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi. Ilgari u Prezident yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Bundan tashqari, Komil Allamjonov Prezident Administratsiyasi rahbarining shtatdan tashqari maslahatchisi etib tayinlandi. U innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish, shuningdek so‘z erkinligini ta’minlash va mustaqil ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maslahat beradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi