Toshkent shahrida 200 mingdan ortiq pullik avtoturargohlar tashkil etish rejalashtirilgan.

Dastlabki bosqichda 86 ta zonani ishga tushiriladi

Toshkent shahrida 200 mingdan ortiq pullik avtoturargohlar tashkil etish rejalashtirilgan.

Toshkent shahrida 200 mingdan ortiq pullik avtoturargohlar tashkil etish rejalashtirilgan. Bu haqda «Kompaniya Tashkent Invest» raisining raqamli transformatsiya va IT bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Aleksandr Gurko ma’lum qildi.

Dastlabki bosqichda yo‘l bo‘yida 13-14 ming avtomobil to‘xtash joyiga mo‘ljallangan 86 ta zonani ishga tushirish rejalashtirilgan. Dastlabki pullik avtoturargohlar sinov tariqasida mart oyidan, xususan, Mirobod va Yakkasaroy tumanlarining ayrim ko‘chalarida ish boshlashi kutilmoqda. Tizimning to‘liq ishga tushirilishi iyul oyidan boshlanadi.

O‘tgan yilning dekabr oyida pullik avtoturargohlar operatori sifatida “Streetpark Systems” tanlangan. Kompaniya auksionda 62,93 mlrd so‘mlik taklif qilib, g’olib bo‘lgandi. 

Shuningdek, tegishli qaror bilan pullik parkovkada 1 soat turish narxlari 5 ming so‘mdan 12 ming bo‘mgacha etib belgilangan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Oʻzbekistonda yana 6 turdagi hisobotlar avtomatlashtiriladi
/
Oʻzbekistonda yana 6 turdagi hisobotlar avtomatlashtiriladi
Bozorlardagi 12 mingta savdo nuqtasida ijara shartnomalari rasmiylashtirilmagan
/
Bozorlardagi 12 mingta savdo nuqtasida ijara shartnomalari rasmiylashtirilmagan
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun o‘sdi
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun o‘sdi