Abror Turg‘unov “Poytaxt bank” boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Bunga qadar Turg‘unov kreditlash, strategik rivojlanish yo‘nalishlarida boshqaruv raisi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritgan

Abror Turg‘unov “Poytaxt bank” boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

“Poytaxt bank” kuzatuv kengashining 28-avgust kungi qarori bilan Abror Turg‘unov boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi, deya ma’lum qilmoqda Korporativ axborot yagona portali.

Shu paytgacha mazkur lavozimni Do‘stboy Abjalov egallab kelgan edi. Turg‘unov 2024-yil iyun oyidan beri boshqaruv raisi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritayotgan edi. Uning mas’uliyat doirasiga chakana kreditlash boshqarmasi, g‘aznachilik, iqtisodiy tahlil va strategik rivojlanish, tashqi iqtisodiy faoliyat, shuningdek, umumiy bo‘lim hamda xarid ishlari bo‘limi kirgan.

“Poytaxt bank” 2019-yil boshida Toshkent shahar hokimligi tomonidan ipoteka kreditlari berish va qurilish loyihalarini, jumladan arzon uy-joy dasturlari doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish maqsadida ta’sis etilgan edi. Bank tashkil etilgan kundan buyon uning ustav kapitalining 100%i davlat mulki hisoblangan.

2024-yil iyun oyida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Birlashgan Arab Amirliklarining “Bond Investments Limited” kompaniyasi bilan xususiylashtirish to‘g‘risida kelishuv imzoladi.

Oktyabr oyida xususiylashtirish jarayoni yakuniga yetdi. Yuridik shaxslarning yagona davlat reestri ma’lumotlariga ko‘ra, bankning yangi ta’sischisi sifatida Bond Investments Limited kiritildi va u endi 100% aksiyalarga egalik qilmoqda. Yuridik shaxsning rasmiy nomiga “xorijiy kompaniya” degan aniqlik kiritildi.

Shuningdek, “Poytaxt bank”ning ustav kapitali 100 mlrd so‘m miqdorida belgilandi. Biroq, 2025-yildan boshlab banklar kapitaliga qo‘yiladigan minimal talab 500 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Sentabr oyida umumiy inflyatsiya darajasi 8% gacha pasaydi
/
Sentabr oyida umumiy inflyatsiya darajasi 8% gacha pasaydi
O‘zbekiston 2030-yilga qadar aviaparkni 180 ta samolyotgacha kengaytiradi
/
O‘zbekiston 2030-yilga qadar aviaparkni 180 ta samolyotgacha kengaytiradi
UC Ventures Osnova startapiga $100 minglik investitsiya kiritdi
/
UC Ventures Osnova startapiga $100 minglik investitsiya kiritdi