O’zbekistonda “Porsche Center” ochiladi

Markazning ochilishi 2025-yilning ikkinchi yarmiga mo’ljallangan

O’zbekistonda “Porsche Center” ochiladi

Toshkentda 2025-yilning ikkinchi yarmida “Porsche Center” ochiladi. Bu haqda “Kapital.uz”ga “Porsche Uzbekistan” matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi “Porsche Center”ning tamal toshini qo‘yish marosimi 2024-yil 26-sentyabr kuni bo’lib o’tdi. Markazning maydoni shourum bilan birga 3800 kvadrat metr maydonni egallaydi. U O‘zbekistonda “Porsche” avtomobillarining rasmiy sotilishini va sotuvdan keyingi xizmatlarning to‘liq spektrini ta’minlaydi.

Shuningdek, mijozlar avtomobillarni individual tanlash bo‘yicha professional konsultatsiyalar olishlari, “Porsche” asl ehtiyot qismlari va “Porsche Lifestyle” aksessuarlarini xarid qilishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek, markaz “Porsche” jahon standartlari bo‘yicha mashinalarni testdan o‘tkazish va ularga xizmat ko‘rsatish uchun zarur jihozlar bilan ta’minlanadi.

“Porsche AG” — nemis avtomobil ishlab chiqaruvchisi. Kompaniya “lyuks” sport avtomobillari, shuningdek, vnedorojniklar ishlab chiqaradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Prezident farmoni bilan bir nechta davlat idoralari xodimlari lavozimlari o‘zgartirildi
/
Prezident farmoni bilan bir nechta davlat idoralari xodimlari lavozimlari o‘zgartirildi
Prezident Administratsiyasida 284 ta shtat qisqartirildi
/
Prezident Administratsiyasida 284 ta shtat qisqartirildi
Markaziy bank “Citibank AS” vakolatxonasini akkreditatsiyadan o‘tkazdi
/
Markaziy bank “Citibank AS” vakolatxonasini akkreditatsiyadan o‘tkazdi