Paynet’dan Xolis foydalanuvchilari uchun keng ko‘lamli aksiya
Aksiya umumiy sovrin jamg‘armasi 1,5 mlrd so‘mni tashkil etadi
Paynet’ning Xolis xizmatidan foydalanuvchi barcha tadbirkorlar uchun 2025-yil 20–31-dekabr kunlari keng ko‘lamli aksiya e’lon qilinadi.
Aksiya umumiy 1,5 mlrd so‘m miqdoridagi sovrin jamg‘armasiga ega bo‘lib, Xolis’ni kundalik faoliyatida ishlatayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun mo‘ljallangan.
Aksiyada ishtirok etish shartlari:
- Tadbirkor Xolis tizimida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak.
- Aksiya davrida quyidagi miqdorda tranzaksiyalar amalga oshirilishi lozim:
– Toshkent shahri va Toshkent viloyatida — kamida 50 mln so‘m;
– O‘zbekiston hududlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida — kamida 30 mln so‘m.
Har bir hududda aksiya davrida tranzaksiyalar hajmi eng yuqori bo‘lgan TOP-10 tadbirkor aniqlanadi. Agar ishtirokchilarning aylanma hajmi teng bo‘lsa, shartlarni avvalroq bajargan tadbirkor ustunlikka ega bo‘ladi.
Sovrinlar:
• 15 ta asosiy g‘olib (har bir hududdan bittadan) 50 mln so‘mdan pul mukofotiga ega bo‘ladi.
• Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham bir nafar g‘olib umumiy shartlar asosida asosiy sovrinni qo‘lga kiritadi.
• Har bir hududda 2–10-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar kir yuvish mashinalari, muzlatkichlar, telefonlar va havo tozalagichlar kabi sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Natijalarni e’lon qilish:
Har bir hudud bo‘yicha natijalar chiqarilishi va g‘oliblar 2026-yil 10–20-yanvar kunlari Paynet’ning rasmiy YouTube kanalida e’lon qilinadi.
Xolis — biznesingiz telefonda.
Bugungi kunda tadbirkorga murakkab tizimlar va qimmat uskunalar kerak emas. Faqatgina smartfoningizda Xolis ilovasi bo‘lsa kifoya — biznesni tezkor, shaffof va qulay tarzda boshqarishingiz mumkin.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ