«Paynet» to’lov tizimi operatori xususiylashtirildi

Bitim qachon aniq amalga oshirilganligi noma'lum, ammo MCHJ egasining o'zgargani o'tgan yilning noyabr oyida ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo'ldi

«Paynet» to’lov tizimi operatori xususiylashtirildi

«Uzpaynet»dagi 100% davlat ulushi «New Industrial Technologies» kompaniyasi nazorati ostiga o’tdi. Bu haqda KTYaDR ma’lumotlaridan ma’lum bo’lganini Bankers.uz payqadi.

Bitim qachon aniq amalga oshirilganligi noma’lum, ammo MCHJ egasining o’zgarishi to’g’risidagi ma’lumotlar o’tgan yilning noyabr oyida ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo’ldi.

2019 yilda tashkil etilgan «New Industrial Technologies» kompaniyasining ustav kapitali 273,5 mlrd so’mni tashkil etadi. Kompaniyaning asoschilari ikki jismoniy shaxs — Aleks Li (60%) va Mustafo Abdraxmanov (40%). Shuni ta’kidlash kerakki, Mustafo Abdraxmanov «Asia Alliance bank»ning asosiy aktsiyadori bo’lgan «Asia Alliance Group» kompaniyasining 77,6% ulushiga egalik qiladi.

2005 yilda Botir Arifjanov tomonidan yaratilgan «Paynet» xizmati keyinchalik «Xalq banki» orqali davlatga sotildi, shundan so’ng asoschi kompaniya rahbariyatini tark etdi.

2022 yil avgust oyida davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) «Uzpaynet»dagi 100% ulushini sotishini e’lon qildi. Bir oy ichida yettita ariza qabul qilindi, ammo takliflarni qabul qilish to’xtatildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yangi yil arafasi Toshkentda avtobuslar harakatlanish jadvali uzaytiriladi
/
Yangi yil arafasi Toshkentda avtobuslar harakatlanish jadvali uzaytiriladi
O‘zbekistonliklarga Green Card uchun viza berilmaydi — elchixona
/
O‘zbekistonliklarga Green Card uchun viza berilmaydi — elchixona
2030-yilga qadar elektr poyezdlar yo‘nalishlari soni 53 tagacha oshiriladi
/
2030-yilga qadar elektr poyezdlar yo‘nalishlari soni 53 tagacha oshiriladi