Pavel Durov Fransiyadagi hibsdan ozod qilindi

Durov shanba kuni Parij aeroportida hibsga olingan edi

Pavel Durov Fransiyadagi hibsdan ozod qilindi

“Telegram” messenjerining asoschisi Pavel Durov Fransiyada qamoqdan ozod qilindi. Ozod qilish to’g’risidagi qarorni uning ishini ko’rib chiqayotgan sud qabul qildi.

Durov shanba kuni Parij aeroportida hibsga olingan edi. Fransiya qonunchiligiga ko’ra, uni 96 soatgacha qamoqda saqlashlari mumkin edi, shundan so’ng uning keyingi taqdiri to’g’risida qaror qabul qilinishi kerak edi.

Bir necha kun davomida Durovga qator ayblovlar bo’yicha tergovchilar tomonidan so’roq qilingan. Tergov sudyasi Durovga ayblov e’lon qilinadimi yoki sud jarayonisiz qo’yib yuborilishni hal qilishi kerak edi.

Qamoqdan ozod qilinganiga qaramay, Durov ishi bo’yicha tergov davom etmoqda.

Biz oldinroq Fransiya prezidenti Pavel Durovga “Telegram”ning shtab-kvartirasini Parijga ko’chirishni taklif qilgan haqida yozgan edik.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Logistika xizmatlari: ularning ishlash tartibi qanday
/
Logistika xizmatlari: ularning ishlash tartibi qanday
Senatorlar parklar va botanika bog’larini xususiylashtirishni ta’qiqlamoqda
/
Senatorlar parklar va botanika bog’larini xususiylashtirishni ta’qiqlamoqda
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida $4,5 mlrdni tashkil etdi
/
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida $4,5 mlrdni tashkil etdi