Fransiya prezidenti Pavel Durovga “Telegram”ning shtab-kvartirasini Parijga ko’chirishni taklif qilgan
Ammo u shtab-kvartirasini ko'chirishdan bosh tortdi

Фото: Global Look Press
2018 yilda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron “Telegram” messenjerining asoschisi Pavel Durovga kompaniyaning shtab-kvartirasini Parijga ko’chirishni taklif qilgan. Bu haqda “The Wall Street” Journal xabar berdi.
Nashrning xabar berishicha, taklif ilgari matbuotda e’lon qilinmagan tushlik paytida qilingan. Ammo u shtab-kvartirasini ko’chirishdan bosh tortdi. Bundan tashqari, Makron Durovga fransuz fuqaroligini taklif qilgan.
Shunisi qiziqki, 2021 yilda Pavel Durov Fransiya fuqarosi bo’lgan.
Ayni damda, Pavel Durov Fransiya politsiyasi tomonidan hibsga olingan va u kiber jinoyatlar bo’yicha hamkorlik qilishdan bosh tortganlikda ayblanmoqda.
Va shuni ta’kidlash joizki, Yevro-Osiyo xalqaro universiteti rektori Konstantin Klimenko Pavel Durovni hibsga olinishi uni hayratda qoldirganini va “Telegram” asoschisi Nobel mukofotiga nomzod bo’lishga arzirli nomzod ekanini ta’kidladi.
Uning so’zlariga ko’ra, “Telegram” messenjerining asoschisi taniqli shaxs va yangi raqamli texnologiyalar asrining yetakchisidir.
Ta’kidlanishicha, uning tashabbusi allaqachon Osiyo va Afrikadagi bir qator universitetlar va jamoat tashkilotlari vakillari tomonidan qo’llab-quvvatlangan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ