Parkentda qiymati $1,8 mlrdlik 52 ta loyiha amalga oshiriladi

Xususan, Avstriya kompaniyasi tomonidan 1,2 ming gektarda tog‘-chang‘i kurorti qurish rejalashtirilgan

Parkentda qiymati $1,8 mlrdlik 52 ta loyiha amalga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Parkent tumaniga tashrif davomida “Oltinbel” cho‘qqisidagi dam olish maskani va yangi loyihalar bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Xushmanzara tog‘ bag‘ridagi 3 gektar joyda qurilgan ushbu mehmonxonalar ixchamligi va hamyonbopligi bilan ajralib turadi. Hozirda jami 188 o‘rinli 2 ta mehmonxona, kapsula shaklidagi uylar, restoran va xo‘jalik binolari barpo etilgan. Keyingi bosqichda yana 20 ta shunday uy qurilishi mo‘ljallangan.

Umuman, hududda turizmni rivojlantirish maqsadida qiymati $1,8 mlrd bo‘lgan 52 ta loyiha amalga oshiriladi. Natijada 3,3 mingta ish o‘rni yaratiladi va 1 mln nafar sayyohga xizmat ko‘rsatiladi.

Xususan, Avstriya kompaniyasi tomonidan 1,2 ming gektarda tog‘-chang‘i kurorti qurish rejalashtirilgan.

Uning doirasida 3, 4 va 5 yulduzli mehmonxonalar, chang‘i uchish va osma dor yo‘li, shalelar, piknik maydoni, restoranlar, sog‘lomlashtirish xizmatlari tashkil etiladi.

Loyiha uch bosqichda amalga oshiriladi va to‘liq quvvatda kuniga 15 ming nafar sayyohni qabul qilish imkoniga ega bo‘ladi. 600 ga yaqin servis majmualari tashkil etiladi. Mavsumiy xizmatlar bilan birga 10 mingga yaqin ish o‘rni yaratiladi. Umuman, bu maskan, Bo‘stonliqdagi “Amirsoy” kurorti kabi, Toshkent viloyatining yirik turizm manzillaridan biriga aylanadi.

Mutaxassislar bilan muloqotda loyihani takomillashtirish,  xizmatlar qamrovini kengaytirish va qurilishni tezlashtirish tadbirlari yuzasidan fikr almashildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank may oyida 13 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasi qo‘lladi
/
Markaziy bank may oyida 13 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasi qo‘lladi
O‘zbekistonda 80% bank mijozlari xizmatlardan mamnunligini bildirgan
/
O‘zbekistonda 80% bank mijozlari xizmatlardan mamnunligini bildirgan
O‘zbekistonda dollar kursi o‘tgan yilgi darajaga tushib ketdi
/
O‘zbekistonda dollar kursi o‘tgan yilgi darajaga tushib ketdi