Parkent va Toshkent o‘rtasida yangi elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Yangi poyezd 1154 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘lib, Parkentdan Toshkentgacha bo‘lgan yo‘lni qariyb 50 daqiqada bosib o‘tadi

Parkent va Toshkent o‘rtasida yangi elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

7-sentabrdan “Parkent – Toshkent – Parkent” yo‘nalishida yangi shahar atrofi elektropoyezdi qatnay boshladi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” xabar berdi.

Elektropoyezd 1154 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘lib, unda 586 ta o‘rindiq mavjud. Parkent va Toshkent o‘rtasidagi qatnov vaqti qariyb 50 daqiqani tashkil etadi.

Kattalar uchun yo‘l haqi 10 ming so‘mgacha, 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun esa 6,5 ming so‘m etib belgilangan.

Yangi yo‘nalish “Baytqo‘rg‘on – Parkent” temir yo‘l liniyasini qurish va elektrlashtirish ishlari yakunlangach ishga tushirildi. Loyiha 2025-yil yanvar oyida Prezidentning 27-yanvardagi PQ-28-son qarori doirasida boshlangan.

Loyiha doirasida 24 kilometrlik elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasi, uchta temir-beton ko‘prik, avtomobil yo‘l o‘tkazgichi, 76 ta suv o‘tkazish inshooti va 16 ta kesishma qurilgan. Shuningdek, 50 o‘rinli “Parkent” temir yo‘l stansiyasi barpo etilgan.

Yangi yo‘nalish Parkent tumanining transport imkoniyatlarini kengaytirish hamda ichki turizmni rivojlantirish uchun qo‘shimcha sharoit yaratishi kutilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Hududgazta’minot” ta’sischiligida suyultirilgan gaz yetkazib beruvchi kompaniya tashkil etish taklif qilindi
/
“Hududgazta’minot” ta’sischiligida suyultirilgan gaz yetkazib beruvchi kompaniya tashkil etish taklif qilindi
Prezident suyultirilgan gaz yetkazib berish grafigini qatʼiy yoʻlga qoʻyishni buyurdi
/
Prezident suyultirilgan gaz yetkazib berish grafigini qatʼiy yoʻlga qoʻyishni buyurdi
Barceló Hotel Group Toshkentda Markaziy Osiyodagi ilk mehmonxonasini ochishi mumkin
/
Barceló Hotel Group Toshkentda Markaziy Osiyodagi ilk mehmonxonasini ochishi mumkin