16.10.2024 | 16:22
“O’zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi binosi 100 mlrd so’mga sotildi
Xaridor “Pozitive leader partner” MChJ bo’ldi

Фото: E-auksion
“O’zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining Yakkasaroy tuman binosi 14-oktyabr kuni auksionda boshlang’ich bahodan 5% miqdorda ko’proq baho qariyb 100 mlrd so’mga sotilgan.
Tanlovda Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi “Pozitive leader partner” MChJ g’olib bo’lgan.
Ushbu kompaniya 2013-yildan buyon metall eshik va derazalar ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi. Muassislari Ochilov Shovkat (50%) va Xalyapova Raushaniya (50%) bo’lib, kompaniyaning umumiy kapitali 1,4 mlrd so’mni tashkil etadi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ