“O‘zRTXB” ning 40% aksiyalari O‘zbekiston Milliy fondiga o‘tkazildi

DavAktiv bu haqda qarorni 1-mayda qabul qilgan

“O‘zRTXB” ning 40% aksiyalari O‘zbekiston Milliy fondiga o‘tkazildi

2025-yil 1-may kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ aksiyalarining 40,0% qismi O‘zbekiston Milliy fondiga o‘tkazildi.

Fondning investitsiya portfeli bo‘yicha ishonchli boshqaruvchisi “Franklin Templeton“ hisoblanadi. U aktivlarning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga qaratilgan transformatsiya dasturlarini amalga oshiradi.

Tegishli o‘zgarishlar yakunlangach, fond aksiyalari, shuningdek uning boshqaruvidagi korxona va banklar aksiyalari milliy va xalqaro fond bozorlarida joylashtirilishi rejalashtirilgan.

Kapital.uz avvalroq “O‘zRTXB” foydasi yanvar-mart oylarida 22,5% ga oshgani haqida xabar bergandi.

Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadi 40,1 mlrd so‘mdan 49,7 mlrd so‘mga yetgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda pulli avtoturargohlar 8-maydan foydalanishga topshiriladi
/
Toshkentda pulli avtoturargohlar 8-maydan foydalanishga topshiriladi
O‘zbekistonda dollar kursi ikki kunlik o‘sishdan keyin pasayib ketdi
/
O‘zbekistonda dollar kursi ikki kunlik o‘sishdan keyin pasayib ketdi
Fransiya O‘zbekistonda uy-joylarning energiya samaradorligini oshirish uchun 30 mln yevro ajratadi
/
Fransiya O‘zbekistonda uy-joylarning energiya samaradorligini oshirish uchun 30 mln yevro ajratadi