Ozonning O‘zbekistondagi savdo hajmi 5 baravar oshdi
2025-yilning uchinchi choragida marketpleysda 667,8 mln tovar buyurtma qilingan
Ozon kompaniyasining 2025-yilning uchinchi choragidagi daromadi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 59% ga oshib, 33,4 trln so‘mni tashkil etdi. Xizmatlarni hisobga olgan holda umumiy tovar aylanmasi (GMV) esa 53% ga o‘sib, 171,2 trln so‘mga yetdi.
O‘zbekistonda marketpleysning faoliyati keskin o‘sishni ko‘rsatdi — bu yerda savdo hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan deyarli 5 baravar ko‘paygan.
Faol xaridorlar bazasi yil davomida 18% ga o‘sib, 63 mln foydalanuvchiga yetdi. O‘zbekistonda esa xaridorlar soni 5,5 baravar oshgan. Mijozlarning sodiqligi ham ortib bormoqda — har bir foydalanuvchi o‘rtacha yiliga 34 ta buyurtma beradi, bu o‘tgan yilga nisbatan 9 taga ko‘p. Shu tariqa, kompaniya 2025-yilning uchinchi choragida 667,8 mlnta buyurtma yetkazgan (yillik o‘sish +80%). O‘zbekistonda buyurtmalar soni 6 baravar oshgan.
2025-yilning uchinchi choragida ombor maydoni 4 mln kvadrat metrga yetgan, buyurtma topshirish punktlari esa 78 mingdan oshgan. Ulardan 45%i 50 mingdan kam aholiga ega shahar va qishloqlarda joylashgan.
Shuningdek, kompaniya O‘zbekistonda faol logistika tarmog‘iga ega — Toshkentdagi saralash markazi orqali xizmat ko‘rsatadi. Bundan tashqari, mamlakatdagi buyurtma topshirish punktlari soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,5 baravar ko‘paygan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ