O‘zbekistonda olti oyda 872 ming kishi o‘zini o‘zi band qildi

Eng ko‘p tanlagan sohalar orasida chorva parvarishi, tikuvchilik, qishloq xo‘jaligi ishlari va yo‘lovchi tashish xizmatlari mavjud

O‘zbekistonda olti oyda 872 ming kishi o‘zini o‘zi band qildi

Joriy yil yanvar-iyun oylarida o‘z faoliyatini rasmiylashtirish bo‘yicha chorvachilik va tikuvchilik kasblari peshqadam bo‘ldi. Bu haqda my.gov.uz xabar berdi.

2025-yil dastlabki olti oyida “O‘zini o‘zi band qilish” xizmati orqali 872 fuqaro fuqaro ro‘yxatdan o‘tdi.

Mazkur xizmatdan foydalanishda eng faol hudud Toshkent viloyati bo‘lgan (125 ming ariza). Shu bilan birga, Qashqadaryo (110 ming), Samarqand (85 ming), Namangan (82 ming) va Andijon (77 ming) viloyatlarida o‘z kasbini qonuniylashtirish ulushi yuqori o‘sgan.

O‘zini o‘zi band qilishni eng ko‘p tanlagan sohalar quyidagilar:

  • Chorva parvarishi – 159 ming kishi;
  • Tikuvchilik – 94 ming kishi;
  • Qishloq xo‘jaligi ishlari – 76 ming kishi;
  • Yo‘lovchi tashish (avtomobilda) – 57 ming kishi;
  • Tomorqada ishlash – 40 ming kishi.

Xabar qilinishicha, arizalarning 78%i my.gov.uz portali orqali berilgan (22%i mobil ilovadan)

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda avtomobillarni sertifikatlashga xususiy kompaniyalarni jalb qilish rejalashtirilmoqda
/
O‘zbekistonda avtomobillarni sertifikatlashga xususiy kompaniyalarni jalb qilish rejalashtirilmoqda
Janubiy Koreyaning “Mom’s Touch” tarmog‘i O‘zbekistonda restoran ochadi
/
Janubiy Koreyaning “Mom’s Touch” tarmog‘i O‘zbekistonda restoran ochadi
O‘zbekistonda dollar kursi uch kunlik pasayishdan keyin ko‘tarildi
/
O‘zbekistonda dollar kursi uch kunlik pasayishdan keyin ko‘tarildi