O‘zbekistonda o‘ziga kredit ajratilishini taqiqlash xizmati ishga tushdi

Fuqarolar o‘zlarining ishtirokisiz qarzlarni o‘z nomlariga rasmiylashtirish imkoniyatini istisno qilish uchun ariza berishlari mumkin

O‘zbekistonda o‘ziga kredit ajratilishini taqiqlash xizmati ishga tushdi

“Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi 6-iyundan boshlab jismoniy shaxslarga o‘ziga kredit ajratilishini taqiqlash imkonini beruvchi xizmat ishga tushirilganini ma’lum qildi.

Ya’ni, byuro “jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kredit bitimi tuzishi taqiqlangan shaxslar reyestriga kiritish yoki reyestrdan chiqarish bo‘yicha” xizmatni joriy qilgan.

Mazkur xizmat orqali jismoniy shaxslar o‘zlarining ishtirokisiz yoki xabarisiz kredit bitimi rasmiylashtirilishining oldini olish uchun o‘zi bilan kredit bitimini tuzishni kredit byurosiga ariza kiritish orqali taqiqlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bu o‘z navbatida bugungi kunda o‘sib borayotgan jismoniy shaxslarning xabarisiz kreditlar rasmiylashtirilishi holatlarining oldini olishga turtki bo‘ladi. Ushbu xizmat bepul bo‘lib, undan dastlab Kredit byurosining rasmiy veb-sayti orqali foydalanish mumkin, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 20-fevral kuni Senat bu haqdagi qonunni ma’qullangan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi