“O‘zcharmsanoat” raisi Akbar Sultonov ishdan olindi

Prezident uyushma rahbariyati sohaga yangilik olib kirmagani, pastga tushib ishlamaganini tanqid qildi

“O‘zcharmsanoat” raisi Akbar Sultonov ishdan olindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda “O‘zcharmsanoat” uyushmasi rahbariyati sohaga yangilik olib kirmagani, pastga tushib ishlamagani tanqid qilindi.

Poyabzal ishlab chiqaradigan 972 ta korxonadan 378 tasi faoliyatini to‘xtatgan bo‘lsa, yana 120 tasi quvvatini yarmidan ham foydalanmayapti. Qolip, bog‘ich, furnitura bo‘yicha haligacha importga bog‘liqlik bor.

Oqibatda o‘tgan yili eksport bo‘yicha va’da qilgan $250 mlnning 40%i ham ta’minlangani yo‘q. Uyushmaning bu yilgi ishlab chiqarish va eksport rejasi ham qoniqarsiz ekani ko‘rsatib o‘tildi.

Akbar Sultonov 2024 yil noyabrida “O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi etib tayinlangandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Prezident aholi uchun avtokredit stavkalarini pasaytirishni buyurdi
/
Prezident aholi uchun avtokredit stavkalarini pasaytirishni buyurdi
Toshkentning 2045-yilgacha bo‘lgan bosh rejasi bahorda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin
/
Toshkentning 2045-yilgacha bo‘lgan bosh rejasi bahorda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin
Markaziy bank yanvar oyida 7 ta bank va 1 ta mikromoliya tashkilotiga jarima sanksiyalari qo‘lladi
/
Markaziy bank yanvar oyida 7 ta bank va 1 ta mikromoliya tashkilotiga jarima sanksiyalari qo‘lladi