“O‘zbekneftgaz” va CNPC Ustyurtda 30 ta quduq burg‘ulash bo‘yicha shartnoma imzoladi

Loyiha murakkab geologik hududlarda uglevodorod zaxiralarini izlashga qaratilgan

“O‘zbekneftgaz” va CNPC Ustyurtda 30 ta quduq burg‘ulash bo‘yicha shartnoma imzoladi

“O‘zbekneftgaz” AJ va Xitoyning CNPC XIBU Drilling Engineering kompaniyasi 2026–2028-yillar davomida Ustyurt hududida 30 ta qidiruv qudug‘ini burg‘ulash bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur hujjat geologik-qidiruv ishlarini kengaytirish, yangi konlarni aniqlash hamda zamonaviy qazib olish texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan. Hamkorlik doirasida sohada samaradorlikni oshirish uchun xorijiy texnologik yechimlardan foydalanish rejalashtirilgan.

Ustyurtning istiqbolli maydonlarida 5,5 ming metrdan 6 ming metrgacha chuqurlikda burg‘ulash ishlari olib boriladi. Loyihaning asosiy maqsadi yuqori bosim va harorat bilan ajralib turadigan qatlamlarda uglevodorod zaxiralarini aniqlashdan iborat.

Korxona vakillari ta’kidlashicha, xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlik mamlakatning resurs bazasini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Kapital.uz avvalroq “O‘zbekneftgaz” Xitoyning ushbu kompaniyasi bilan 30 ta quduq burg‘ilash bo‘yicha bitim tuzgani haqida xabar bergandi. Kelishuvga ko‘ra, burg‘ilash ishlarini amalga oshirish uchun yuk ko‘tarish quvvati 450 tonnagacha bo‘lgan 10 ta burg‘ilash dastgohini O‘zbekistonga olib kelish rejalashtirilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda avtomobil savdosi mart oyida keskin oshdi
/
O‘zbekistonda avtomobil savdosi mart oyida keskin oshdi
Timur Musin “Palov muzeyi”, Caravan va Cinara’sni $24 mln dan ortiq summaga sotuvga qo‘ydi
/
Timur Musin “Palov muzeyi”, Caravan va Cinara’sni $24 mln dan ortiq summaga sotuvga qo‘ydi
YeTTB “Asakabank” ning 15% ulushini sotib olish haqidagi bitimni imzoladi
/
YeTTB “Asakabank” ning 15% ulushini sotib olish haqidagi bitimni imzoladi