“O‘zbekneftgaz” va AQShning “Cargill” korporatsiyasi $3 mlrdlik kelishuv imzoladi

Moliyalashtirish limiti energetik xavfsizlikni mustahkamlash maqsadida $5 mlrdgacha kengaytirilishi mumkin

“O‘zbekneftgaz” va AQShning “Cargill” korporatsiyasi $3 mlrdlik kelishuv imzoladi

“O‘zbekneftgaz” ning sho‘ba korxonasi — “UNG Overseas” AQShning “Cargill” korporatsiyasi bilan hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzoladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Tomonlar uzoq muddatli qarz mablag‘larini $3 mlrdgacha jalb etish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Bitim shartlariga ko‘ra, moliyalashtirish limiti $5 mlrdgacha oshirilishi ham mumkin. Hamkorlikning asosiy maqsadi — O‘zbekiston energetik barqarorligini mustahkamlash va resurs bazasini ishonchli ta’minlash.

Hamkorlik energetika va suv xo‘jaligi samaradorligini oshirishga, shuningdek, ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratiladi. Bu energiya iste’moli o‘sib borayotgan va iqlim o‘zgarishlari kuchaygan hozirgi sharoitda ayniqsa dolzarbdir.

Mablag‘lar aholining va sanoat korxonalarining uzluksiz energiya bilan ta’minlanishini kafolatlovchi loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Shuningdek, infratuzilmani modernizatsiya qilish, tizim xavflarini kamaytirish va suv resurslarini boshqarish samaradorligini oshirish ham rejalashtirilgan.

Sog‘lashuv doirasida “UNG Overseas” xorijiy hamkorlar bilan strategik aloqalarni muvofiqlashtiradi, Cargill” esa tuzilmaviy moliyalashtirish bo‘yicha amaliy yechimlar taqdim etadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil oktabr oyida BAAda “Orient Energy Limited” kompaniyasi tashkil etilgani ma’lum qilingan edi. Mazkur tuzilma “UNG Overseas” brendi ostida xalqaro investitsiya va savdo markazi sifatida ishlaydi hamda energetika loyihalarini amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlari kapitalini jalb qilish bilan shug‘ullanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Hamkorbankning 0,004% lik aksiyalari birjada sotuvga qo‘yildi
/
Hamkorbankning 0,004% lik aksiyalari birjada sotuvga qo‘yildi
O‘zbekistonda avtomobil savdosi mart oyida keskin oshdi
/
O‘zbekistonda avtomobil savdosi mart oyida keskin oshdi
Timur Musin “Palov muzeyi”, Caravan va Cinara’sni $24 mln dan ortiq summaga sotuvga qo‘ydi
/
Timur Musin “Palov muzeyi”, Caravan va Cinara’sni $24 mln dan ortiq summaga sotuvga qo‘ydi