“O‘zbekneftgaz”: “Lukoyl”ning O‘zbekistondagi aktivlarini sotib olish hozircha rejalashtirilmagan

Bahodir Sidiqov bitim kompaniya faoliyati va O‘zbekistondagi qo‘shma loyihalarga muqarrar ta’sir ko‘rsatishini ta'kidladi

“O‘zbekneftgaz”: “Lukoyl”ning O‘zbekistondagi aktivlarini sotib olish hozircha rejalashtirilmagan

“O‘zbekneftgaz” davlat kompaniyasi va Rossiyaning “Lukoyl” neft-gaz kompaniyasi AQSh sanksiyalarining O‘zbekistondagi qo‘shma loyihalarga bo‘lishi mumkin bo‘lgan ta’sirini muhokama qilmoqda. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” boshqaruv raisi Bahodir Sidiqov Gazeta’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

22-oktabr kuni AQSh Moliya vazirligining Chet el aktivlarini nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) “Lukoyl”ni bloklash cheklovlarini qo‘llab, sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Sanksiyalar “Lukoyl” ulushi 50% dan yuqori bo‘lgan kompaniya va uning sho’ba korxonalari bilan operatsiyalarni to‘xtatish uchun bir oylik muddatni (21-noyabrgacha) belgilaydi.

AQSh va xorijiy davlatlar fuqarolari yoki moliya institutlariga 21-noyabrdan keyin ushbu kompaniyalar va ularning sho‘ba korxonalariga yordam berish taqiqlanadi, aks holda barchaga sanksiyalar tahdid soladi.

Buning fonida 27-oktabr kuni “Lukoyl” o‘zining xalqaro aktivlarini sotishini e’lon qildi. Eslatib o‘tamiz, kompaniya O‘zbekistonda ham, jumladan, “O‘zbekneftgaz” bilan qo‘shma loyihalarda faoliyat yuritmoqda.

Sidiqov Gazeta bilan suhbatda joriy etilgan cheklovlarni muhokama qilish uchun 28-oktabr kuni “Lukoyl” bilan uchrashuv rejalashtirilganini aytdi. Uning fikricha, hozircha O‘zbekiston tomonidan Rossiya aktivlarini sotib olish masalasi ko‘tarilmaydi.

Menimcha, hozir sotib olish masalasi ko‘tarilmaydi, menimcha. Hozir “Lukoyl”ning pozitsiyasini ham eshitamiz. O‘ylashimcha, bunday muddatda qandaydir obyektni sotib olish, boshqa har qanday davlat uchun ham, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. 21-noyabrgacha narx bo‘yicha kelishish… Masalan, men bunday vaziyatda sotmagan bo‘lardim, — dedi u.

“Lukoyl” ilgari ham xalqaro aktivlarning uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun zarur bo‘lsa, litsenziya muddatini uzaytirish bo‘yicha ariza topshirishni rejalashtirganini ma’lum qilgan edi.

Maydon bor, ma’lum sanksiyalar muddatini uzaytirish imkoniyati mavjud. Biroq bu ham — hozir Amerika tomoni bilan ham muzokaralar olib borishimiz kerak bo‘ladi. Bu uzoq muddatli jarayon, — deb ta’kidladi u.

Sidiqov sanksiyalar “Lukoyl” faoliyati va O‘zbekistondagi qo‘shma loyihalarga muqarrar ta’sir ko‘rsatishini e’tirof etdi.

Har qanday holatda ham bu ularning va bizning faoliyatimizga ta’sir qiladi. U yerda ular bilan moliyaviy aloqalar o‘rnatish imkonsiz bo‘ladi. Bugun biz barcha variantlarni muhokama qilamiz, — dedi “O‘zbekneftgaz” rahbari.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yashil iqlim jamg‘armasi barqaror suv ta’minoti uchun $250 mln ajratadi
/
Yashil iqlim jamg‘armasi barqaror suv ta’minoti uchun $250 mln ajratadi
O‘zbekiston quyosh elektr stansiyalari va energiya saqlash qurilmalarini qurish uchun $1,45 mlrd  mablag‘ jalb etadi
/
O‘zbekiston quyosh elektr stansiyalari va energiya saqlash qurilmalarini qurish uchun $1,45 mlrd mablag‘ jalb etadi
Gazsiz uylar uchun elektr energiyasi bo‘yicha chegirmalar bu yil joriy qilinmaydi
/
Gazsiz uylar uchun elektr energiyasi bo‘yicha chegirmalar bu yil joriy qilinmaydi