“O‘zbekneftgaz” gaz qazib olish hajmini kunlik 70 mln kub metrga yetkazadi

Yil yakuniga qadar esa kamida 25,4 mlrd kub metr gaz ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan

“O‘zbekneftgaz” gaz qazib olish hajmini kunlik 70 mln kub metrga yetkazadi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekneftgaz aksiyadorlik jamiyati faoliyatining kelgusidagi vazifalari va rejalari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Gaz sohasida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish va geologiya-qidiruv ishlarini kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Taqdimotda O‘zbekneftgaz oldida turgan eng asosiy vazifa tabiiy gaz zaxiralarini oshirish va qazib chiqarish hajmlarini ko‘paytirish ekani qayd etildi. Kompaniya kunlik gaz qazib chiqarish hajmini 66 mln kub metrdan 70 mln kub metrga ko‘paytirish, bu yil kamida 25,4 mlrd kub metr gaz qazib chiqarish choralarini ko‘rishi zarurligi taʼkidlandi.

Mavjud imkoniyatlarni ishga solish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Gaz zaxiralarini o‘stirish uchun yangi istiqbolli investitsiya bloklarini shakllantirish, investorlarga berilgan ayrim maydonlarda esa ishlarni jadallashtirish va samaradorligini oshirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Nafta ishlab chiqarish hozirda quvvatning 70%ida amalga oshirilayotgani, mahsulot esa 50% arzon narxlarda eksport qilinayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Naftadan polimer mahsulotlari ishlab chiqarilsa, qo‘shilgan qiymatni 6 karra oshirish imkoniyati borligini hisobga olib, mavjud quvvatlarni to‘liq ishlatish choralarini ko‘rish topshirildi.

O‘zbekneftgazning moliyaviy holatini yaxshilash chora-tadbirlari ham ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda neft-gaz sohasida o‘g‘rilik va korrupsiya holatlariga qarshi kurashish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.

Sohadagi korrupsion xavflarni oldini olish maqsadida O‘zbekneftgaz tuzilmasida raisning alohida o‘rinbosari lavozimi kiritilib, komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati tashkil etildi. Tizimdagi har qanday noqonuniy holatni tezkor aniqlash va oldini olish bo‘yicha samarali tizim yaratish vazifasi qo‘yildi.

Prezident neft-gaz sohasida transformatsiyani chuqurlashtirish, gaz zaxiralari va qazib olish hajmlarini oshirish, moliyaviy intizomni kuchaytirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2027-yilgacha Malayziya va Indoneziyadan 100 ming nafar sayyoh jalb etiladi
/
2027-yilgacha Malayziya va Indoneziyadan 100 ming nafar sayyoh jalb etiladi
Henley & Partners reytingida O‘zbekiston pasporti pozitsiyasi yuqoriladi
/
Henley & Partners reytingida O‘zbekiston pasporti pozitsiyasi yuqoriladi
O‘zbekistonda aeroportlar va avtovokzallar nomlari davlat tili talablariga moslashtiriladi
/
O‘zbekistonda aeroportlar va avtovokzallar nomlari davlat tili talablariga moslashtiriladi