O‘zbekneftgaz 50 kunlik transformatsiyada 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘ni tejadi

Markaziy apparat 29% ga qisqardi, ishlab chiqarish oshdi, yil yakunigacha 2,5 trln so‘m iqtisodiy samara kutilmoqda

O‘zbekneftgaz 50 kunlik transformatsiyada 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘ni tejadi

“O‘zbekneftgaz” “Dolzarb 100 kun” dasturi doirasida qazib olish, qayta ishlash va moliya yo‘nalishlarida amalga oshirilgan dastlabki 50 kunlik ishlar yakunini sarhisob qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Dastlabki ikki oy davomida xarajatlar 1,1 trln so‘mga qisqartirilgan. Asosiy tejamkorlik xarid va xizmatlar narxlarini pasaytirish, qurilish va burg‘ilash loyihalarini optimallashtirish hamda noprofili aktivlardan voz kechish hisobiga erishilgan. Yil oxirigacha shartnomalar va qarz majburiyatlarini qayta ko‘rib chiqish natijasida umumiy iqtisodiy samarani 2,5 trln so‘mga yetkazish rejalashtirilgan.

Transformatsiya doirasida markaziy apparat xodimlari soni 29% ga — 875 nafardan 610 nafargacha qisqartirilgan. Shu bilan birga, qo‘riqlash tizimini raqamlashtirish va laboratoriyalarni qayta tashkil etish hisobiga 700 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan.

Xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun 280 mlrd so‘m ajratilgan. Mablag‘lar ish haqlarini oshirish, yangi avtobuslar xarid qilish, 200 o‘rinli yotoqxona va oshxona qurish hamda konlardagi ishchilar shaharchalarini kapital ta’mirlashga yo‘naltiriladi.

Hisobot davrida kompaniya 2,27 mlrd kub metr tozalangan tabiiy gaz (109,4%) va 78,2 ming tonna gaz kondensati (109,1%) ishlab chiqargan. Suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmi 85,7 ming tonnani tashkil etgan. Aholi va xususiy tadbirkorlarga 88,8 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilgan. Uzbekistan GTL zavodi esa o‘tgan yilga nisbatan sintetik yoqilg‘i ishlab chiqarishni 33 ming tonnaga oshirgan.

Joriy yilda kompaniya 103 ta quduq burg‘ilashni rejalashtirgan bo‘lib, ularning 58 tasi qidiruv-razvedka quduqlari bo‘ladi. 3D seysmorazvedka ishlari hajmi 2,5 barobar oshirilib, 6,5 ming kvadrat kilometr maydonni qamrab oladi. Texnik parkni modernizatsiya qilish maqsadida 12 ta burg‘ilash uskunasi va 100 dan ortiq karotaj jihozlarini xarid qilish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Surxondaryoda suv taʼminotiga oid $287 mlnlik loyiha amalga oshirilayotgani ma’lum qilindi
/
Surxondaryoda suv taʼminotiga oid $287 mlnlik loyiha amalga oshirilayotgani ma’lum qilindi
Raqobat qo‘mitasi Angren IESga 2,8 mlrd so‘mni qaytarish haqida qaror qabul qildi
/
Raqobat qo‘mitasi Angren IESga 2,8 mlrd so‘mni qaytarish haqida qaror qabul qildi
2026-yil yakuniga qadar 614 dona yuk va 25 dona yoʻlovchi vagonlari ishlab chiqariladi
/
2026-yil yakuniga qadar 614 dona yuk va 25 dona yoʻlovchi vagonlari ishlab chiqariladi