Yil boshidan buyon O‘zbekistonga 8,6 mlndan ortiq turist tashrif buyurdi

Bu vaqtda turistik xizmatlar eksporti ham rekord darajaga — $3,6 mlrddan oshgan

Yil boshidan buyon O‘zbekistonga 8,6 mlndan ortiq turist tashrif buyurdi

2025-yil yanvar — sentabr oylarida 8,6 mlndan ortiq turist tashrif buyurdi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qo‘mita qayd etishicha, 2025-yil aprel oyidan boshlab O‘zbekiston har oyda 1 mlndan ortiq xorijiy turistlarni qabul qilmoqda. Shu tariqa, 2025-yilning to‘qqiz oyida O‘zbekistonga 8,6 mlndan ortiq xorijiy turist tashrif buyurdi, bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,5% ga ko‘p.

Ushbu ko‘rsatkich davlatlar kesimida — 2025-yilda post-pandemik 2022-yilga nisbatan turistlar oqimining o‘sishi Britaniyadan 2,6 baravar, Qatardan 6,2 baravar, AQShdan 3 baravar, Fransiyadan 2,9 baravar, Rossiyadan 2,1 baravar, Vengriyadan 3,3 baravar, Germaniyadan 2,5 baravar, Polshadan 6,2 baravarga yetdi.

Shuningdek, qo‘mita ta’kidlashicha, 2025-yilda turistik xizmatlar eksporti ham rekord darajaga — $3,6 mlrddan oshgan.

Kapital.uz may oyida O‘zbekistonga ilk bor bir oyda 1 mlndan ortiq turist tashrif buyurgani haqida xabar bergandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Shavkat Mirziyoyev Toshkentning yangi aeroporti qurilishiga start berdi
/
Shavkat Mirziyoyev Toshkentning yangi aeroporti qurilishiga start berdi
O‘zbekistonda qimmatbaho metallar savdosidagi chegirmalar muddati uzaytirildi
/
O‘zbekistonda qimmatbaho metallar savdosidagi chegirmalar muddati uzaytirildi
XVJ O‘zbekiston iqtisodiyoti bo‘yicha prognozini yaxshiladi
/
XVJ O‘zbekiston iqtisodiyoti bo‘yicha prognozini yaxshiladi