O‘zbekiston Qozog‘istondan kelgan pul o‘tkazmalari hajmi bo‘yicha $45 mln bilan birinchi o‘rinni egalladi

Shu bilan birga, Qozog‘istonga yuborilgan pul o‘tkazmalari bo‘yicha yetakchilikni Rossiya va AQSh egalladi

O‘zbekiston Qozog‘istondan kelgan pul o‘tkazmalari hajmi bo‘yicha $45 mln bilan birinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekiston 2025-yil sentabr oyida Qozog‘iston fuqarolari tomonidan yuborilgan xalqaro pul o‘tkazmalari hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda inbusiness.kz xabar berdi.

Sentabr oyida Qozog‘istondan amalga oshirilgan xalqaro pul tranzaksiyalari umumiy hajmi 71,6 mlrd tengeni (taxminan $130,4 mln) tashkil etdi. Geostatistica tahlilchilarining ma’lumotiga ko‘ra, avgust oyiga nisbatan operatsiyalar soni 5,1% ga oshgan, biroq ularning umumiy summasi 1,6% ga kamaygan. Bu esa transchegaraviy to‘lovlarga barqaror talab saqlanib qolayotganini va mehnat migrantlari hamda tadbirkorlarning faolligi davom etayotganini ko‘rsatadi.

Eng katta miqdordagi o‘tkazmalar O‘zbekistonga yuborilgan — 25 mlrd tenge (ya’ni taxminan $45,5 mln), bu jami hajmning 34,9% ini tashkil etdi. Ikkinchi o‘rinda Rossiya — 20,3 mlrd tenge (taxminan $37 mln, yoki 28,4%), uchinchi o‘rinda esa Turkiya — 11,3 mlrd tenge (taxminan $20,6 mln, yoki 15,8%) qayd etildi. Gruziyaga esa 4,2 mlrd tenge (taxminan $7,65 mln, yoki 5,8%) yuborilgan.

O‘zbekiston va Rossiyaga pul o‘tkazmalari hajmining ortishi mehnat va oilaviy aloqalarning faolligi, shuningdek xorijda vaqtincha ishlayotgan fuqarolar sonining ko‘payishi bilan izohlanmoqda. Turkiya esa turizm va biznes yo‘nalishi sifatida ommalashgani bois yuqori uchlikka kirdi.

Xuddi shu davrda Qozog‘istonga 20,4 mlrd tenge (taxminan $38,7 mln) miqdorida pul o‘tkazmalari kirib kelgan. Eng ko‘p mablag‘ Rossiyadan — 4,7 mlrd tenge (taxminan $8,9 mln, yoki 23%), undan keyin AQShdan — 3 mlrd tenge (taxminan $5,7 mln, yoki 14,9%) va O‘zbekistondan — 2,6 mlrd tenge (taxminan $4,9 mln, yoki 12,5%) yuborilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi