O’zbekistonga to’qqiz oy ichida qancha sayyoh kelgani ma’lum bo’ldi

Eng ko’p tashrif buyurganlar Tojikiston fuqarolari bo’ldi

O’zbekistonga to’qqiz oy ichida qancha sayyoh kelgani ma’lum bo’ldi

2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida O’zbekistonga jami 5,7mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda kelgan. Bu haqda Statistika agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

2023-yilning shu davri bilan solishtirganda 16,8%ga ya’ni 825,8 mingga oshgan.

Sayyohlarning asosiy oqimida yetakchilikni Tojikistonliklar 1,6 mln kishiva Qirg‘izistonliklar 1,6 mln kishi bilan egalladi. Uchlikni esa 1,1 mln sayyoh bilan Qozog‘iston yopib berdi.

Undan keyingi o‘rinda esa quyidagi mamlakatlar mavjud:

  • Turkmaniston — 120,4 ming;
  • Rossiya — 1,1 mln;
  • Turkiya — 84,3 ming;
  • Xitoy — 50,4 ming;
  • Hindiston — 48,6 ming; 
  • Janubiy Koreya — 32,5 ming;
  • Germaniya — 29,6 ming (+67,2%);
  • Italiya — 30,3 ming; 
  • Boshqa davlatlar — 311,9 ming.

Bundan oldin, o’tgan 6 oy davomida O’zbekistonga kelgan sayyohlar haqida xabar berilgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlari o‘rtasida 15 dan ortiq hujjat imzolandi
/
O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlari o‘rtasida 15 dan ortiq hujjat imzolandi
2025-yil oxirida ko‘chmas mulk bitimlari 24,5%ga ko‘paydi
/
2025-yil oxirida ko‘chmas mulk bitimlari 24,5%ga ko‘paydi
“Uzbektelekom” va “O‘zbekgidroenergo” kuzatuv kengashlariga xorijiy investorlar kiritildi
/
“Uzbektelekom” va “O‘zbekgidroenergo” kuzatuv kengashlariga xorijiy investorlar kiritildi