O‘zbekistonda yadro tibbiyotini rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi

“Rosatom” vakillari bilan uchrashuvda siklotron majmualari va PET/KT diagnostika markazlari tashkil etish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekistonda yadro tibbiyotini rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi — “O‘zatom” matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda yadro tibbiyotini rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasi va strategiya ishlab chiqiladi.

10-fevral kuni “O‘zatom” direktori Azim Ahmadxo‘jayev “Rosatom” divizioni vakillari ishtirokida ishchi uchrashuv o‘tkazdi. Unda mamlakatda yadro tibbiyoti infratuzilmasini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida Rossiya tomoni siklotron majmualari, radiofarmpreparatlar ishlab chiqarish, PET/KT diagnostika markazlari tashkil etish hamda “kalit topshirish” formatidagi xalqaro loyihalarni amalga oshirish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Yakunda tomonlar respublikada yadro tibbiyotini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma yo‘l xaritasi va strategiya ishlab chiqishga kelishib oldi.

Qayd etilishicha, ushbu hujjatlar texnologiyalar transferi, mutaxassislar tayyorlash va sog‘liqni saqlash tizimi sifatini oshirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Toshkentda yadro tibbiyoti markazini tashkil etish loyihasi erta diagnostika va yadro texnologiyalariga asoslangan zamonaviy davolash usullari orqali onkologik kasalliklar darajasini sezilarli kamaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

2026-yilda Yadro tibbiyoti markazini PET/KT uskunasi, siklotron, radiofarmatsevtika laboratoriyasi, gamma-nayza hamda kiber-nayza qurilmalari bilan jihozlash rejalashtirilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Raqamli texnologiyalar vazirligi: kiberhujumda 60 mingga yaqin fuqaro ma’lumotlari tarqalgan
/
Raqamli texnologiyalar vazirligi: kiberhujumda 60 mingga yaqin fuqaro ma’lumotlari tarqalgan
Ayollar uchun pensiya yoshi kamaytirilish haqidagi loyiha jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi
/
Ayollar uchun pensiya yoshi kamaytirilish haqidagi loyiha jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi
Xalqaro ta’lim dasturlari joriy etilgan texnikumlar xodimlariga 200% gacha ustama beriladi
/
Xalqaro ta’lim dasturlari joriy etilgan texnikumlar xodimlariga 200% gacha ustama beriladi