O‘zbekistondan xalqaro logistikaga talab 89% ga oshdi
Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga yo‘nalishlar yetakchilik qilmoqda

2025-yilning ikkinchi choragida ATI.SU platformasida joylashtirilgan O‘zbekistondan xalqaro yuk tashish bo‘yicha arizalar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 89% ga ko‘paydi.
Birinchi yarim yillikda yillik ko‘rsatkich bo‘yicha 66% lik o‘sish qayd etildi. Shu bilan birga, yuk tashish narxlari o‘tgan yilgi darajada saqlanib qoldi.
Talabning oshishiga asosiy hissa Rossiya yo‘nalishi bo‘ldi, bu yo‘nalishda arizalar hajmi 79% ga ortdi. Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Belarus yo‘nalishlarida ham sezilarli o‘sish kuzatildi.
Import tashuvlari nisbatan mo‘tadil o‘sish sur’atlarini ko‘rsatmoqda. O‘zbekistonga tovarlarni yetkazib berish bo‘yicha arizalar soni o‘tgan yilning ikkinchi choragiga nisbatan 34%ga ko‘paydi, biroq joriy yilning birinchi choragiga nisbatan 15%ga kamaydi. Yarim yillik yakunlariga ko‘ra, o‘sish 23% ni tashkil etdi, narxlar darajasi esa deyarli o‘zgarishsiz qoldi.
Yil boshiga nisbatan faollikning pasayishi asosan Rossiya yo‘nalishi bilan bog‘liq: Rossiyadan yuk yetkazib berish bo‘yicha buyurtmalar hajmi choraklik ko‘rsatkichda 16% ga kamaygan, biroq yillik hisobda 29% lik o‘sish qayd etilgan.
Ichki tashishlar barqaror ijobiy dinamikani namoyish etdi. Ikkinchi chorakda talab 73% ga, yarim yillik natijalar bo‘yicha esa 78%ga oshdi. Ichki tariflar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 37% yuqori bo‘ldi, bu esa raqobatning kuchayishi va bozorning jonlanayotganidan dalolat beradi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ