O‘zbekistonda steyblkoinlar bilan hisob-kitob qilishga ruxsat berilishi mumkin

Shuningdek, fond bozorida tokenlashtirilgan aksiyalarni ishga tushirish ham ko‘rib chiqilmoqda

O‘zbekistonda steyblkoinlar bilan hisob-kitob qilishga ruxsat berilishi mumkin

O‘zbekistonda raqamli valyutalardan foydalanishni tasdiqlash rejalashtirilmoqda. Bu haqda ILMA direktorining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak O‘zbekiston 24 telekanaliga ma’lum qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda bu borada ko‘rsatma berdi. ILMA Markaziy bank va boshqa idoralar bilan hamkorlikda steyblkoinlarni to‘lov vositasi sifatida qo‘llash va tokenlashtirirlgan qimmatli qog‘ozlarni chiqarish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqishi lozim. Pakning ta’kidlashicha, agentlik belgilangan vazifalarni bajarish uchun barcha kuch-g‘ayratini safarbar etadi.

Steyblkoinlar — bu qiymati an’anaviy aktivlar, masalan, dollar, yevro yoki oltin narxiga bog‘langan raqamli valyutalardir. Bunday bog‘liqlik tufayli ular nisbatan barqaror narxni saqlab qoladi va bitkoin hamda boshqa kriptovalyutalarga xos bo‘lgan keskin tebranishlarga duchor bo‘lmaydi.

Ular blokcheyn platformalarida hisob-kitob vositasi, savdo quroli yoki ta’minot shakli sifatida qo‘llaniladi. Bu esa steyblkoinlarni an’anaviy moliyaviy tizimlar va raqamli iqtisodiyot o‘rtasidagi qulay bog‘lovchi bo‘g‘inga aylantiradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi