O‘zbekistonda Malayziya kompaniyasi ishtirokida quruqlik porti tashkil etiladi

Loyihani “Mutiara Perlis Sdn Bhd” bilan hamkorlikda Andijon viloyatida amalga oshirish rejalashtirilgan

O‘zbekistonda Malayziya kompaniyasi ishtirokida quruqlik porti tashkil etiladi

O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning “Mutiara Perlis” kompaniyasi direktorlar kengashi ijrochi raisi Shabaruddin Ibrohim bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.

Tomonlar O‘zbekistonni Janubi-Sharqiy Osiyo bilan bog‘laydigan transport yo‘laklarini rivojlantirish va yangi yo‘nalishlar ochish istiqbollarini muhokama qildilar. Mintaqaning tashqi savdo salohiyatini kuchaytiruvchi “Qashg‘ar – Torug‘art – Makmal – Jalolobod – Andijon” temir yo‘l loyihasi hamda Transafg‘on magistralining ahamiyati alohida ta’kidlandi.

O‘zbekistonning tranzit joylashuvi va Malayziya kompaniyasining infratuzilma loyihalaridagi tajribasini inobatga olgan holda, Andijon viloyatida quruqlik porti qurish imkoniyati ko‘rib chiqildi. “Mutiara Perlis” vakillari mazkur loyihani o‘rganishga va O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlik qilishni ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdilar.

2018-yilda davlat-xususiy sheriklik shaklida tashkil etilgan “Mutiara Perlis Sdn Bhd” kompaniyasi Perlis shtatida yirik logistika va energetika loyihalarini amalga oshirmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi
/
O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
/
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
O‘zbekiston moliya sektori 2027-yilgacha Bazel III standartlariga o‘tkaziladi
/
O‘zbekiston moliya sektori 2027-yilgacha Bazel III standartlariga o‘tkaziladi