O’zbekiston ketma-ket uchinchi oy mobil Internet tezligi reytingida yaxshilanishni ko’rsatmoqda

Shuningdek, respublika simli Internet ko'rsatkichlarida yaxshilanishlarni ko'rsatdi

O’zbekiston ketma-ket uchinchi oy mobil Internet tezligi reytingida yaxshilanishni ko’rsatmoqda

Joriy yilning avgust oyida O’zbekiston mobil Internet tezligi reytingida 71-o’rinni egallab, iyul oyidan beri 3-o’ringa ko’tarildi. Bu haqda “Speedtest Global Index” xabar bermoqda.

Mobil Internet tezligi 36,19 Mbit /s ni tashkil etdi va simli Internet tezligi bo’yicha mamlakat 82 o’rindan 80 o’ringa ko’tarildi, o’rtacha tezligi 69,37 Mbit/s ni tashkil etdi. 

Eng tezkor mobil Internet BAAda qayd etilgan 398,51 Mbit/s. Simli Internet tezligi bo’yicha ham birinchilikni BAA egalladi 297,62 Mbit/s.

O’zbekiston ketma-ket uchinchi oy “Speedtest” reytingida yaxshilanishni ko’rsatmoqda. Pozitsiyalardagi o’zgarishlar quyidagicha:

  • Iyun oyida mamlakat mobil Internet bo’yicha 77-o’rinni (oldingi o’rin 89) va simli Internet bo’yicha 83 – o’rinni (oldingi o’rin 90) egalladi;
  • Iyul oyida O’zbekiston mobil Internet bo’yicha 74 – o’ringa (uch pog’ona yuqoriroq) va simli Internet bo’yicha 82-o’ringa (bir pog’ona yuqoriroq) ko’tarildi;
  • Avgust oyida O’zbekiston mobil Internet bo’yicha 71-o’rinni (uch pog’ona yuqori) va simli Internet bo’yicha 80-o’rinni (ikki pog’ona yuqori) egalladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Rossiyada O’zbekistonga sayohatlarga talab deyarli 30%ga oshdi
/
Rossiyada O’zbekistonga sayohatlarga talab deyarli 30%ga oshdi
O’zbekistonda yil oxirigacha 48 ta metro vagonlari sotib olinadi
/
O’zbekistonda yil oxirigacha 48 ta metro vagonlari sotib olinadi
O’zbekistondagi ikkita bank soliq qo’mitasidan ogohlantirish oldi
/
O’zbekistondagi ikkita bank soliq qo’mitasidan ogohlantirish oldi