Rossiya O’zbekistonda dronlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Shuningdek, rossiyalik investorlar polimerlar va temir yo'l uskunalarini ishlab chiqarishni boshlash niyatida

Rossiya O’zbekistonda dronlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

9 sentabr kuni Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin O’zbekiston hukumati rahbari Abdulla Aripov bilan muzokaralar o’tkazdi, deb xabar beradi Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati.

So’nggi yetti yil ichida mamlakatlar o’rtasidagi savdo hajmi 2,5 baravar oshdi va 2023 yilga kelib $10 mlrdga yetdi. Bu yil savdo yana 30%ga oshdi va kelajakda ular ushbu ko’rsatkichni $30 mlrdga yetkazishni rejalashtirmoqdalar.

Qo’shma investitsiya loyihalari $60 mlrdga baholanmoqda va Rossiya ishtirokidagi kompaniyalar soni 3 mingdan oshdi. Hamkorlik energetika, metallurgiya, to’qimachilik va kimyo kabi sohalarni qamrab oladi.

Mamlakatlar o’rtasida sayyohlik oqimi 1,2 mlndan ortiq kishini tashkil etdi. O’tgan yili Rossiyadan O’zbekistonga 700 ming kishi keldi, bu har o’ninchi chet ellik sayyohni tashkil etadi, dedi Aripov.

Shuningdek, u O’zbekistonda Rossiya universitetlarining 14 ta filiali faoliyat ko’rsatayotganini va yangilari, shu jumladan Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti va va Butunrossiya tashqi savdo akademiyasi ochilishiga tayyorgarlik ko’rilayotganini ta’kidladi.

Bundan tashqari, dronlar va polimer materiallar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, shuningdek, temir yo’l texnikasi ishlab chiqarish uchun korxonalar tashkil etish rejalari mavjud. Uchrashuv yakunida “Agroexpress” loyihasi to’g’risida bitim, shuningdek, dori-darmonlarni birgalikda markalash to’g’risida shartnoma imzolandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Jahon banki O‘zbekistonning 12 yillik iqtisodiy rivojlanishini tahlil qildi
/
Jahon banki O‘zbekistonning 12 yillik iqtisodiy rivojlanishini tahlil qildi
O‘zini o‘zi band qilgan taksi haydovchilari uchun soliqlarni agregatorlar to‘laydi
/
O‘zini o‘zi band qilgan taksi haydovchilari uchun soliqlarni agregatorlar to‘laydi
O‘zbekistonda banklarning mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilindi
/
O‘zbekistonda banklarning mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilindi