O‘zbekiston va Yaponiya $12 mlrdlik qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi

Tomonlar yagona investitsiya platformasini yaratish va poytaxtda yangi texnologik universitet ochishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston va Yaponiya $12 mlrdlik qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi

Shavkat Mirziyoyev va Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichi umumiy qiymati $12 mlrddan ortiq bo‘lgan qo‘shma tashabbuslar portfelini tasdiqladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tokioda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda davlat rahbarlari kengaytirilgan strategik sheriklikni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildi. Ustuvor yo‘nalishlar sifatida “yashil” energetika, sanoatni dekarbonizatsiya qilish, IT sohasi, muhim minerallarni qazib olish, mashinasozlik hamda tibbiyotni modernizatsiya qilish belgilandi.

Rejalashtirilgan loyihalarni samarali amalga oshirish maqsadida yagona investitsiya platformasini ishga tushirish taklif etildi. Shuningdek, Samarqand viloyatida yapon standartlari va modeli asosida faoliyat yuritadigan maxsus iqtisodiy zona tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda.

Tomonlar “Bir qishloq — bir mahsulot” loyihasini kengaytirish va o‘zaro savdoni rivojlantirishga kelishib oldi. Kelgusi yilda Samarqand shahrida ikki davlatning birinchi Hududlar forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ta’lim sohasida esa Toshkent shahrida Tsukuba universiteti bilan hamkorlikda ilk O‘zbekiston–Yaponiya universitetini ochish e’lon qilindi. Bundan tashqari, gumanitar aloqalarni mustahkamlash maqsadida madaniyat kunlari, kinofestivallar va yoshlar forumlarini muntazam o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Uchrashuv yakunida kengaytirilgan strategik sheriklik to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzolandi. Shuningdek, ekologiya, qishloq xo‘jaligi, transport, shaharsozlik va suv resurslarini boshqarish sohalarida hamkorlikka oid hujjatlar paketi qabul qilindi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi