O‘zbekiston va Xitoy tovar ayirboshlash hajmini $20 mlrdga yetkazishni rejalashtirmoqda

Shuningdek, energetika, mashinasozlik, sun’iy intellekt kabi sohalarida mutaxassis tayyorlaydigan O‘zbekiston-Xitoy “Lu Ban ustaxonalari”ni tashkil etiladi

O‘zbekiston va Xitoy tovar ayirboshlash hajmini $20 mlrdga yetkazishni rejalashtirmoqda

2-sentabr kuni Pekinda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda har tomonlama strategik sheriklikni mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama etildi.

2024-yilda tovar aylanmasi $14 mlrddan oshdi, joriy yil boshidan esa 23% ga ko‘paydi. Tomonlar sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini o‘zaro yetkazib berish orqali bu ko‘rsatkichni $20 mlrdga yetkazishni maqsad qilib qo‘ydilar. Qo‘shma investitsiya loyihalari portfeli $60 mlrddan oshdi, faqat shu yilning o‘zida umumiy qiymati $10 mlrddan ortiq bo‘lgan 64 ta loyiha ishga tushirildi.

Mamlakat hududida energetika, mashinasozlik, sun’iy intellekt, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi sohalari uchun mutaxassislar tayyorlaydigan O‘zbekiston-Xitoy «Lu Ban ustaxonalari»ni tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Tomonlar “yashil” energetika, transport, muhim minerallarni qayta ishlash, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi va turizm sohalarida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li qurilishining amaliy bosqichi boshlanganligini ta’kidlab o‘tdilar. Gumanitar sohada Sian neft universiteti filialini ochish to‘g‘risida bitim imzolandi, kelajakda Pekin texnologiya instituti filialini ochish rejalashtirilmoqda.

Davlat rahbarlari energetika, transport, raqamlashtirish sohalarida, shuningdek, BMT, SHHT va “Markaziy Osiyo – Xitoy” formati doirasida hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Namanganda 26 ta dorixona 497 mln so‘mga yaqin asossiz daromad olgan — Raqobat qo‘mitasi
/
Namanganda 26 ta dorixona 497 mln so‘mga yaqin asossiz daromad olgan — Raqobat qo‘mitasi
YTTB 2026-yil uchun O‘zbekiston YIM o‘sish prognozini 6,5% gacha oshirdi
/
YTTB 2026-yil uchun O‘zbekiston YIM o‘sish prognozini 6,5% gacha oshirdi
TOP-300 universitetlarga kirgan yoshlar va pedagoglar uchun ta’lim krediti beriladi
/
TOP-300 universitetlarga kirgan yoshlar va pedagoglar uchun ta’lim krediti beriladi