O‘zbekiston va Turkiya o‘zaro hamkorlikka oid 13 ta hujjat imzoladi

Xususan, mamlakat xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni amalga oshiradi

O‘zbekiston va Turkiya o‘zaro hamkorlikka oid 13 ta hujjat imzoladi

Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining to‘rtinchi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdog‘an qo‘shma bayonot hamda Keng qamrovli strategik sheriklik doirasidagi hamkorlik mexanizmlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmatining xabar berishicha, bundan tashqari, ko‘p qirrali sheriklikning turli yo‘nalishlarini qamrab oluvchi ikki tomonlama hujjatlar to‘plami imzolangan. Xususan:

  • Sog‘liqni saqlash, ta’lim va harbiy tibbiyot sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risida;
  • Iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik to‘g‘risida;
  • Konchilik sanoatida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida;
  • Xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida;
  • Maxsus iqtisodiy zonalar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
  • Yadro xavfsizligi, jisman himoya qilish, kafolatlar va radiatsion himoya sohasidagi hamkorlik va axborot almashinuvi to‘g‘risida;
  • Migratsiyaga ko‘maklashish va fuqarolarni o‘z mamlakatiga qaytarish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
  • O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi va Turkiya Din ishlari boshqarmasi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimlar;
  • Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2026−2027-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;
  • O‘zbekiston Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi va Turkiya Oliy ta’lim kengashi o‘rtasida bayonnoma;
  • Madaniyat sohasida 2026−2027-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi.

Mamlakatlar, shuningdek, kelgusi yillarda tovar ayirboshlash hajmini, jumladan, Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitimdagi tovarlar roʻyxatini kengaytirish orqali 5 milliard dollarga yetkazish vazifasi belgilab olindi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
/
Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
/
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi
/
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi