O‘zbekiston va Serbiya sanoat sherikligini rivojlantirish bo‘yicha qoʻshma harakatlar rejasi qabul qildi

Tomonlar o‘zaro savdo hajmini oshirish, erkin savdo to‘g‘risidagi bitimni tayyorlash va sanoatda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston va Serbiya sanoat sherikligini rivojlantirish bo‘yicha qoʻshma harakatlar rejasi qabul qildi

O‘zbekiston va Serbiya savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, erkin savdo to‘g‘risidagi bitimni tayyorlash hamda sanoatda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tegishli masalalar O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich tomonidan 8-sentabr kuni Belgradda muhokama qilindi. Uchrashuv Serbiya saroyida ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralarning asosiy yo‘nalishlaridan biri o‘zaro savdo hajmini oshirish bo‘ldi. Tomonlar erkin savdo to‘g‘risidagi bitim ustidagi ishlarni faollashtirish, talab yuqori bo‘lgan tovarlar yetkazib berishni kengaytirish, shuningdek, standartlashtirish sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va qo‘shma ko‘rgazmalar o‘tkazishga kelishib oldi.

Sanoat kooperatsiyasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar avtomobil komponentlari, uskunalar, elektrotexnika va elektronika ishlab chiqarish sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun salohiyat mavjudligini qayd etdi. Bundan tashqari, transport va logistika, yengil va oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, tibbiyot hamda raqamli iqtisodiyot sohalarida yangi loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston va Serbiya 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan sanoat sherikligini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasini qabul qildi. Shuningdek, erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha kompleks “yo‘l xaritasi” tayyorlanadi.

Mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik ham muhim yo‘nalishlardan biri bo‘ldi. Tashrif doirasida tomonlar mobillik va mehnat migratsiyasi to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. Prezident matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Serbiya tomoni ushbu yo‘nalishda tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Belgradda bo‘lib o‘tadigan “EXPO-2027” ko‘rgazmasida milliy pavilyon bilan ishtirok etadi.

Hududlar darajasida Samarqand viloyati va Voyevodina, shuningdek, Samarqand va Novi Sad shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalar o‘rnatildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari $72,13 mlrdga yetdi
/
O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari $72,13 mlrdga yetdi
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun oshishda davom etmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun oshishda davom etmoqda
O‘zbekistonlik quruvchilar Serbiyada temiryo‘l tarmog‘ini modernizatsiya qiladi
/
O‘zbekistonlik quruvchilar Serbiyada temiryo‘l tarmog‘ini modernizatsiya qiladi