O‘zbekiston va Pokiston yangi xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Tomonlar O‘zbekiston–Afg‘oniston–Pokiston temir yo‘li va Pokiston–Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlikni kuchaytiradi

O‘zbekiston va Pokiston yangi xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishdi

O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida transport-logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi. Bu haqda Transport vaziri birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Pokistonga tashrifi doirasida ma’lum qilindi.

Tashrif davomida yirik transport-ekspeditorlik kompaniyalari vakillari ishtirokida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi. Unda mintaqaviy bog‘liqlikni mustahkamlash, tranzit salohiyatini oshirish va yuk tashuvlari hajmini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, Pokiston temir yo‘llar vaziri o‘rinbosari Mazxar Ali Shoh bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston–Afg‘oniston–Pokiston temir yo‘l loyihasi bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish uchun yaqin fursatda dala-tadqiqot ishlarini boshlashga kelishib olindi.

Shuningdek, Pokiston kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Ali Shoh Masud bilan muzokaralarda Pokiston–Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston yangi xalqaro transport yo‘lagini yaratish masalasi kelishildi. Tomonlar joriy yil fevral oyida ushbu yo‘nalish bo‘yicha pilot yuk tashuvlarini yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi.

Mazkur kelishuvlar Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi savdo aloqalarini mustahkamlash, logistika xarajatlarini kamaytirish hamda O‘zbekistonning tranzit salohiyatini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Farg‘ona viloyatida $8,2 mlrdlik sanoat, agrar va IT loyihalari ishga tushiriladi
/
Farg‘ona viloyatida $8,2 mlrdlik sanoat, agrar va IT loyihalari ishga tushiriladi
Jizzaxda Arnasoy aeroportini kengaytirishga BAAdan $11 mln investitsiya yo‘naltiriladi
/
Jizzaxda Arnasoy aeroportini kengaytirishga BAAdan $11 mln investitsiya yo‘naltiriladi
2025-yilda aholining valyuta taklifi talabdan $9,7 mlrdga ortiqroq bo‘ldi
/
2025-yilda aholining valyuta taklifi talabdan $9,7 mlrdga ortiqroq bo‘ldi