O‘zbekiston va Boshqirdiston birgalikda Nurafshonda texnopark tashkil qiladi

Birinchi bosqich ishlari 2025 yilning to‘rtinchi choragida yakunlanadi

O‘zbekiston va Boshqirdiston birgalikda Nurafshonda texnopark tashkil qiladi

O‘zbekiston va Boshqirdiston Nurafshon shahrida qo‘shma texnopark tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda TASS axborot agentligiga “Chirchiq” kimyo-sanoat texnoparki direktori Jahongir Abdurahmonov ma’lum qildi.

Jahongir Abdurahmonovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu texnoparkni Boshqirdiston taraqqiyot korporatsiyasi bilan hamkorlikda yaratish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Loyihaning umumiy maydoni 60 gektardan ortiqni tashkil etadi.

“Biz Boshqirdiston taraqqiyot korporatsiyasidagi hamkorlarimiz bilan birgalikda texnoparkning bosh rejasini ishlab chiqdik. Rejaga ko‘ra, ishlab chiqarish maydonlari va logistika markazi 300 ming kvadrat metrni egallaydi”, — dedi Abdurahmonov.

Taqdimotda loyihaning birinchi bosqichni 2025-yilning to‘rtinchi choragida yakunlash rejalashtirilgan. Ushbu texnoparkni tashkil etish bo‘yicha kelishuv 2024-yil aprel oyida Boshqirdiston taraqqiyot korporatsiyasi va “O‘zkimyosanoat” o‘rtasida imzolangan edi. “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida 170 dan ortiq turdagi kimyo mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda Qozonning “Ximgrad” texnopolisi bilan hamkorlikda “Chirchiq” kimyo-sanoat texnoparki va Jizzax texnoparki faoliyat yuritmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Nurafshonda “Nurafshon sanoat va tashqi savdo texnoparki” nomli maxsus sanoat zonasi tashkil etilishi rejalashtirilgan. Texnopark hududida 2 qavatdan 7 qavatgacha bo‘lgan ishlab chiqarish binolari qurilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ushbu hududda ijtimoiy, servis va infratuzilma obyektlari barpo etiladi.

Loyiha doirasida umumiy qiymati $720 mln miqdorida investitsion loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Logistika xizmatlari: ularning ishlash tartibi qanday
/
Logistika xizmatlari: ularning ishlash tartibi qanday
Senatorlar parklar va botanika bog’larini xususiylashtirishni ta’qiqlamoqda
/
Senatorlar parklar va botanika bog’larini xususiylashtirishni ta’qiqlamoqda
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida $4,5 mlrdni tashkil etdi
/
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida $4,5 mlrdni tashkil etdi