O’zbekiston oltin ishlab chiqaruvchilarning top o’ntaligiga kirdi
2023-yilda O’zbekiston qariyb 120 tonna qimmatbaho metall ishlab chiqargan
2023-yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston dunyodagi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchilar orasida o‘ninchi o‘rinni egalladi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.
Unga ko’ra, O‘zbekistonda 12 oy davomida 119,6 tonna qimmatbaho metall ishlab chiqarilgan.
Eng ko‘p oltin ishlab chiqargan mamlakatlar yetingida birinchi o’rinni Xitoy egallagan – 378,2 tonna. Ikkinchi o‘rinda – Rossiya (321,8 tonna), uchinchi o‘rinda – Avstraliya (293,8 tonna) turibdi.
Shuningdek, yetakchi o‘ntalikda Kanada (191,9 tonna), AQSh (166,7 tonna), Gana (135,1 tonna), Indoneziya (132,5 tonna), Peru (128,8 tonna) va Meksika (126,6 tonna) ham bor.
Bundan oldin, joriy yilda O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $43 mlrddan oshgani haqida xabar berilgandi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ