O’zbekiston tashqi savdosi yil boshidan buyon qariyb $16 mlrdga yetdi

Oltin eksporti 10%ga oshib, $2,6 mlrdni tashkil etdi

O’zbekiston tashqi savdosi yil boshidan buyon qariyb $16 mlrdga yetdi

Dastlabki uch oy ichida O’zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $15,8 mlrdga yetdi, bu o’tgan yilning shu davriga nisbatan 6,2%ga ko’pdir. Bu statistika agentligining hisobotdan ma’lum bo’ldi.

Shu bilan birga, eksport 10%ga o’sib, $6,4 mlrdga yetdi, import esa 3,8%ga o’sib, $9,4 mlrdni tashkil etdi. Xitoy O’zbekistonning asosiy savdo hamkori bo’lib qolmoqda, bu mamlakatga eksport $451,6 mlnni, import esa $2,5 mlrdni tashkil etadi. Rossiya $720,9 mlnlik eksport va $2 mlrdlik import bilan, shuningdek Qozog’iston, $294,8 mlnlik eksport va $642,9 mlnlik import bilan kegingi o’rinlarda. Turkiya va Janubiy Koreya bilan tashqi savdo aylanmasining ulushi mos ravishda 4,1 va 3,4%ni tashkil etadi.

Birinchi chorakda qimmatbaho metallar eksporti $2,7 mlrddan oshdi, bu o’tgan yilning shu davridagi ko’rsatkichdan ($2,4 mlrd) yuqori.

Shuni ham ta’kidlash joizki, joriy yilning birinchi choragida O’zbekiston $2,6 mlrdlik monetar bo’lmagan oltin eksport qildi, bu 2023 yilning shu davriga nisbatan 10,5%ga ko’pdir.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
/
Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM
/
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM