O‘zbekiston “Qambarota GES-1” loyihasini amalga oshirish muddatlari yuzasidan kelishuvga erishdi

Loyiha doirasida 5,4 mlrd kub metrga teng suv ombori va 1860 MVt quvvatli gidroelektr stansiyasi ishga tushiriladi

O‘zbekiston “Qambarota GES-1” loyihasini amalga oshirish muddatlari yuzasidan kelishuvga erishdi

2025-yilning 25-26-sentabr kunlari Belgiyaning Bryussel shahrida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iz Respublikalari Energetika vazirlarining “Qambarota GES-1 qurilishi” loyihasi bo‘yicha uchinchi davra suhbati yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iz Respublikalari Energetika vazirlari, Jahon banki vakillari, shuningdek, loyiha doirasida tashkil etilgan Donorlar kengashi a’zolari ishtirok etdi.

Loyiha doirasida 5,4 mlrd kub metrga teng suv ombori va 1860 MVt quvvatli gidroelektr stansiyasi ishga tushiriladi. Natijada yiliga o‘rtacha 5,6 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, davra suhbati doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Xalqaro moliya tashkilotlari – loyiha donorlari qo‘mitasi a’zolari bilan loyihani moliyalashtirishni jalb qilish shartlari va imkoniyatlarini muhokama qilish bo‘yicha bir qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi. Shu tariqa Yevropa Ittifoqi, Jahon banki, YeTTB, OIIB, OTB, OPEC jamg‘armasi va boshqa tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uch tomonlama uchrashuv yakunida birgalikdagi keyingi rejalar va loyihani tayyorlash muddatlari yuzasidan kelishuvga erishildi, deyiladi matbuot xizmati xabarida

O’tgan yilning iyun oyida O’zbekiston, Qirg’iziston va Qozog’iston energetika vazirliklari o’rtasida Qambarota GES-1 qurilishiga va ekspluatatsiyasiga tayyorgarlik ko’rish to’g’risida uch tomonlama bitim imzolangan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi
/
O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
/
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
O‘zbekiston moliya sektori 2027-yilgacha Bazel III standartlariga o‘tkaziladi
/
O‘zbekiston moliya sektori 2027-yilgacha Bazel III standartlariga o‘tkaziladi