O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida savdo hajmi $2 mlrdga yetkazilishi rejalashtirilmoqda
Shuningdek, ikki mamlakat vakillari transport-logistika kompaniyasi tashkil etishga kelishib oldi

Фото: пресс-служба президента
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif tor doirada va rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazdi.
Uchrashuvda tovar ayirboshlash hajmini $2 mlrdga yetkazish bo‘yicha choralar ko‘rish masalalari kelishildi. 2024-yilda uning hajmi $400 mlndan oshgan.
Hududlar o‘rtasidagi ishbilarmonlik va madaniy aloqalarni rag‘batlantirish maqsadida davlat rahbari O‘zbekistonda ikki mamlakat hududlari forumini o‘tkazishni taklif etdi.
O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari transport jihatidan o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish va tranzit salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalalariga alohida to‘xtaldilar. Yuk aylanmasi hajmini yanada oshirish maqsadida qo‘shma transport-logistika kompaniyasini tashkil etishga kelishib olindi.
Transafg‘on temir yo‘lini qurish loyihasini amalda ilgari surish maqsadida birgalikdagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtiriladi.
Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini joriy yil iyul oyida Lahor shahrida o‘tkazishga kelishib olindi.
Oliy darajadagi muzokaralar yakunida erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma «yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqish va tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ