Toshkentdagi “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasining bir qismi yopildi

Haydovchilar Mustaqillik shox ko‘chasidan harakatlanganda Maxatma Gandi ko‘chasiga o‘tishlari tavsiya qilindi

Toshkentdagi “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasining bir qismi yopildi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasi turizm ko‘chasiga aylantirilmoqda. Shu sababli Sodiq Azimov ko‘chasi va “O‘zbekiston ovozi” ko‘chalari kesishmasida avtoulovlar harakati 2-iyul soat 12:00dan 5-iyul soat 8:00 ga qadar vaqtincha avtoulovlar harakati cheklanadi. Bu haqda Mirzo Ulug’bek tumani hokimligi xabar bermoqda.

Haydovchilar Mustaqillik shox ko‘chasidan harakatlanganda Maxatma Gandi ko‘chasiga o‘tishlari, Sodiq Azimov ko‘chasining “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasiga tutash qismidan qayrilib olish mumkin.

Taʼmirlash ishlari kun-u, tun tashkil etiladi va ikki smenada amaliy ishlar olib boriladi. Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tez orada harakatlanish tiklanishini maʼlum qilamiz, deyiladi hokimlik xabarida. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Jahon banki O‘zbekistonning 12 yillik iqtisodiy rivojlanishini tahlil qildi
/
Jahon banki O‘zbekistonning 12 yillik iqtisodiy rivojlanishini tahlil qildi
O‘zini o‘zi band qilgan taksi haydovchilari uchun soliqlarni agregatorlar to‘laydi
/
O‘zini o‘zi band qilgan taksi haydovchilari uchun soliqlarni agregatorlar to‘laydi
O‘zbekistonda banklarning mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilindi
/
O‘zbekistonda banklarning mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilindi