O‘zbekiston dunyoda oltin sotish bo‘yicha yetakchilikni saqlab qoldi

Yil boshidan buyon 27 tonna, may oyida yana bir tonna oltin sotildi

O‘zbekiston dunyoda oltin sotish bo‘yicha yetakchilikni saqlab qoldi

O‘zbekiston may oyida yana bir tonna oltin sotdi va besh oylik umumiy savdo hajmini 27 tonnaga yetkazib, markaziy banklar orasida yetakchilikni saqlab qoldi. Bu haqda Jahon oltin kengashi (WGC) ma’lum qilmoqda.

Jahon markaziy banklari o‘zlarining oltin-valyuta zaxiralaridagi oltin hajmini 20 tonnaga ko‘paytirdi — bu aprel oyiga nisbatan 8 tonna ko‘p. Biroq 12 oylik o‘rtacha ko‘rsatkichdan (27 tonna) past. Xarid bo‘yicha Qozog‘iston Milliy banki 7 tonna oltin bilan yetakchilik qildi. Turkiya va Polsha ham zaxiralarini 6 tonnadan oshirdi. Shu bilan birga, Singapur valyuta boshqarmasi (MAS) 5 tonna oltin sotdi.

Polsha Milliy banki markaziy banklar orasida eng yirik xaridor bo‘lib qolmoqda. U may oyida zaxiralarini 6 tonnaga to‘ldirdi va yil boshidan buyon zaxiralarini 67 tonnaga ko‘paytirdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi