O‘zbekiston iqtisodiyoti 2026-yilda 6,6% o‘sishi rejalashtirilmoqda

“Unumdorlik va samaradorlikni ikki karra oshirish” dasturiga $200 mln kredit va grant jalb qilinadi

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2026-yilda 6,6% o‘sishi rejalashtirilmoqda

Kelgusi yilda iqtisodiyotda 6,6% o‘sishni ta’minlab, yalpi ichki mahsulotni $167 mlrdga yetkazish prognoz qilinmoqda, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Bugun, 26-dekabr kuni Prezident Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasida 2025-yilning yalpi ichki mahsuloti ilk marta $145 mlrddan oshganini ma’lum qilgandi.

Agar mehnat unumdorligi, energiya samaradorligi va tannarx bo‘yicha qattiq ishlansa, bu ko‘rsatkichni yanada oshirish uchun barcha imkoniyatlar bor. Shu bois, sanoatda “Unumdorlik va samaradorlikni ikki karra oshirish” dasturi boshlanadi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan mehnat unumdorligi va energiya samaradorligi bo‘yicha alohida loyiha amalga oshiriladi.

Ushbu loyihaga xalqaro moliya institutlaridan $200 mln kredit va grant jalb qilinib, sanoat korxonalari uchun xorijdan yuqori malakali texnolog va muhandislar olib kelinadi, biznes jarayonlari raqamlashtiriladi, energiya va boshqa xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha auditlar o‘tkaziladi, ilg‘or texnologiyalar transfer qilinadi.

Bu borada “To‘rtinchi sanoat inqilobi markazi” tashkil qilinadi. Markaz negizida robototexnika, “buyumlar interneti”, “aqlli fabrika” kabi “Industriya 4.0” yechimlarini sanoat korxonalarida joriy etish uchun “tartibga solish mexanizmi” yaratiladi.

Bunda korxonalar yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilishdan oldin ularni sinovdan o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Endilikda bitta xonadon uchun ajratiladigan imtiyozli ipoteka krediti miqdori 15% ga oshiriladi
/
Endilikda bitta xonadon uchun ajratiladigan imtiyozli ipoteka krediti miqdori 15% ga oshiriladi
Shavkat Mirziyoyev 2026-yil uchun davlat byudjetini tasdiqladi
/
Shavkat Mirziyoyev 2026-yil uchun davlat byudjetini tasdiqladi
2026-yilda $52 mlrdlik 782 ta yangi sanoat va infratuzilma loyihasiga start beriladi — Prezident
/
2026-yilda $52 mlrdlik 782 ta yangi sanoat va infratuzilma loyihasiga start beriladi — Prezident