AQSh O’zbekistonni intellektual mulk huquqlarini buzadigan davlatlar ro’yxatidan chiqarib tashladi

Respublika 20 yildan ortiq vaqt davomida nazorat ostida bo'lgan

AQSh O’zbekistonni intellektual mulk huquqlarini buzadigan davlatlar ro’yxatidan chiqarib tashladi

AQSh O’zbekistonni intellektual mulkni himoya qilish bo’yicha nazorat ostidagi mamlakatlar ro’yxatidan chiqarib tashladi. Bu haqda Adliya vazirligi AQSh savdo vakolatxonasining hisobotiga tayanib ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, O’zbekiston ushbu ro’yxatпф 2000 yildan beri kirgan.

Xabarda aytilishicha, davlatning «nazorat ostidagi ro’yxat»ga kiritilishi intellektual mulkni himoya qilish bilan bog’liq jiddiy muammolardan dalolat beradi. Bu, shuningdek, xorijiy korxonalarning to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalariga alohida e’tibor qaratilishini anglatadi.

Yaqin vaqtgacha Markaziy Osiyodan faqat ikkita davlat nazorat ostida bo’lgan mamlakatlar ro’yxatida qolgan edi: O’zbekiston va Turkmaniston.

So’nggi besh yil ichida O’zbekiston intellektual mulk obyektlarini ro’yxatga olishni soddalashtirish, ularni himoya qilishni ta’minlash, xalqaro bitimlarga qo’shilish, xalqaro aloqalarni rivojlantirish va JST standartlarini milliy qonunchilikka joriy etish bo’yicha tizimli ishlarni amalga oshirdi. Ushbu sa’y-harakatlar tufayli biz ro’yxatdan chiqishga muvaffaq bo’ldik, — deyiladi xabarda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

IFC O‘zbekiston va Qirg‘iziston kichik bizneslar uchun $10 mln ajratadi
/
IFC O‘zbekiston va Qirg‘iziston kichik bizneslar uchun $10 mln ajratadi
Fitch O‘zbekistondagi yettita davlat banki reytingi bo‘yicha prognozni yaxshiladi
/
Fitch O‘zbekistondagi yettita davlat banki reytingi bo‘yicha prognozni yaxshiladi
O‘zbekiston Rossiyadan gaz importini 11 mlrd kub metrgacha oshiradi
/
O‘zbekiston Rossiyadan gaz importini 11 mlrd kub metrgacha oshiradi