O‘zbekiston Braziliyaga ilk marta blok-poyezd yubordi

Yuklar 60-70 kun oralig‘ida yetib borishi rejalashtirilgan

O‘zbekiston Braziliyaga ilk marta blok-poyezd yubordi

2024-yil 11-dekabr kuni Toshkent shahridagi “First Dry Port Terminal” MCHJdan Braziliyaga birinchi blok-poyezd jo‘nab ketdi. LogiStan va FDP ma’lumotlariga ko‘ra, poyezdda jami 54 ta qirq futlik konteyner bor, konteynerning har birida 28 tonna karbamid (mochevina) mavjud.

Poyezd yo‘nalishi O‘zbekiston, Turkmaniston, Ozarbayjon va Gruziya orqali o‘tib, Poti portida konteynerlar kemaga ortilib, dengiz orqali Braziliyadagi Paranagua portiga yetkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda First Dry Port Terminal vakili ma’lum qilgan.

“Uzkimyoimpeks” kompaniyasi yuboruvchi hisoblanadi. Va yuklar taxminan 60 – 70 kun oralig‘ida yetkazib beriladi. 

O‘zbekistondan Potiga konteynerlar 20 kun ichida yetkazilishi rejalashtirilgan, dengiz orqali esa taxminan 35-45 kun davom etadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda brokerlar uchun ustav kapitali bo‘yicha 1,23 mlrd so‘mlik limit joriy etiladi
/
O‘zbekistonda brokerlar uchun ustav kapitali bo‘yicha 1,23 mlrd so‘mlik limit joriy etiladi
O‘zbekiston yil davomida rekord miqdorda oltin sotdi
/
O‘zbekiston yil davomida rekord miqdorda oltin sotdi
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bitimlari chorakda 14% ga oshdi
/
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bitimlari chorakda 14% ga oshdi